1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasida kechayu kunduz ishlab turadigan “ishonch telefoni”: 0 371 239-35-62 yo‘lga qo‘yildi. MSK matbuot xizmatining xabar qilishicha, u O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish chog‘ida qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Uzluksiz ishlovchi tarmoq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni ko‘rishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Shu bilan birga, u okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o‘rnatishni ta’minlashga mo‘ljallangan.

Telefon qo‘ng‘irog‘idan tashqari, faks: (0371) 239−42−43 va elektron pochta: ub_saylov@umail.uz orqali ham murojaat qilish mumkin.