Taniqli kinorejissyor Shuhrat Solihovich Abbosov chorshanba kuni Toshkentda 87 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga u bir kun muqaddam yotqizilgan 1-hukumat statsionaridan ma’lum qilishdi.

Shuhrat Abbosov — A.Ostrovkiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik instituti (1949 yil) hamda «Mosfilm» qoshidagi oliy rejissyorlik kursi (1958) bitiruvchisi.

Shuhrat Abbosov 1959 yildan «O‘zbekfilm» kinostudiyasida postanovkachi rejissyor sifatida «Mahallada duv-duv gap» (1960), «Sen yetim emassan» (1962), «Qalbingda quyosh» (1966), «Toshkent-non shahri» (1967), «Muhabbat mojarosi» (1971), «Abu Rayhon Beruniy» (ikki qismli tarixiy-biografik film, 1974), «Olovli yillar», «Otamdan qolgan dalalar» (ikki qismli badiiy film, 1998) va boshqa filmlarni ekranlashtirdi.

Ko‘plab mukofotlar, jumladan SSSR Xalq artisti va O‘zbekiston Xalq artisti unvonlari, «Shuhrat» medali, a «El-yurt hurmati» ordeni sohibi edi.