Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Chiroqchi tumani hokimligi yonida bir qiz kaltaklangani haqidagi videolavhaga Qashqadaryo viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 24 aprel kuni soat 22:00 atrofida Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshoxbekatda fuqaro T.Nni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib, tan jarohati yetkazgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar buyicha 2 may kuni JKning 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.