15-aprel — 3-may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Kuvaytni mag‘lub etdi. 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 5:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida O‘zbekiston terma jamoasi hisobni ochdi — himoyachi Alibek Davronov boshi bilan jarima maydoniga uzatmani darvozaga yo‘lladi. 49-daqiqada ikkinchi markaziy himoyachi Muhammadqodir Hamraliyev jarima maydonchasiga oshirib berilgan to‘pni darvozaga yo‘lladi.

Chap qanot himoyachisi Hojimat Erkinov 55-daqiqada qarshi hujumni yo‘lga qo‘yib, aniq zarba bilan yakunlab, uchinchi golni urdi. 86-daqiqada esa yoshlar jamoasi penalti tepishdi. 11 metrlik zarbani Diyor Xolmatov aniq amalga oshirdi.

90+6-daqiqada Xusain Norchayev beshinchi golni kiritdi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 6 ochko bilan “D” guruhida peshqadamlik qildi va musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinda Vetnam (6), uchinchi o‘rinda Malayziya va Kuvayt (har birida 0 ta).

Yoshlar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 23-aprel kuni soat 20:30da Vetnamga qarshi o‘tkazadi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan va Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Osiyo chempionati hisoblanadi. Turnir 15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Turnir OFKning 2024-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga saralash turniri sifatida xizmat qiladi. Turnirda kuchli uchlikka ega bo‘lgan jamoalar Osiyo vakillari sifatida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar, to‘rtinchi eng yaxshi jamoa esa pley-off bahsida ishtirok etadi. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni amaldagi chempion hisoblanadi.

Statistika

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

Video

Foto

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт


осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт

осиё kubogi u23, futbol, куvaйт