O‘zbekistondagi ilk raqamli tijorat banki ANORBANK yosh avlod kelajagi haqida qayg‘urib, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. O‘quvchilarni yaxshi o‘qishga undash va bilimga chanqoqligini rag‘batlantirish maqsadida ANORBANK eMaktab raqamli ta’lim platformasi bilan birgalikda 2023-yilning oktabr oyida qimmatbaho sovg‘alarni o‘z ichiga olgan maxsus loyihani e’lon qilgandi.

anorbank, реклама

2024-yilning 23-aprel kuni Toshkentdagi Central Park`da loyihaning ikkinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha sovrinli o‘yin bo‘lib o‘tdi. Jarayon ANORBANK`ning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jonli tarzda efirga uzatildi. Unda yuzdan ortiq qimmatbaho sovg‘alar — Samsung A9 planshetlari, Apple Watch SE Smart soatlari, Airpods 21 simsiz quloqchinlari, PlayStation 5 o‘yin pristavkalari, shuningdek, Apple iPhone 15 smartfonlari o‘ynaldi.

Sovrinli o‘yinda loyiha shartlarini to‘liq bajargan 1−11-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Shartlarga ko‘ra, ular ANORBANK mobil ilovasining ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchisi bo‘lishi, o‘yin o‘tkazilayotgan davrda — 2024-yil 11-yanvaridan 27-martigacha AnorBlack yoki UZCARD Duo faol bank kartasiga ega bo‘lishi va yaxshi baholarni to‘plagan bo‘lishi ko‘zda tutilgan edi.

Ikkinchi bosqich natijalari bo‘yicha sovrinlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan g‘oliblarning ismlari bilan ANORBANK`ning Telegram kanalida tanishishingiz mumkin.

anorbank, реклама

Ayni damda loyihaning uchinchi bosqichi davom etmoqda. U ikki turni o‘z ichiga olgan:

  • birinchi tur — 28-martdan 30-aprelgacha;
  • ikkinchi tur — 1-maydan 25-maygacha.

Uchinchi bosqichning sovrinlar soni 100 donani tashkil etadi:

  • 10 dona Apple iPhone 15 Black smartfonlari;
  • 10 dona Apple Watch SE smart soatlari;
  • 40 dona Samsung A9 planshetlari;
  • 30 dona Lenovo noutbuklari;
  • 10 dona Yandex stansiyalari.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

anorbank, реклама

Har bir xohlovchi ota-ona quyidagi shartlarni bir vaqtning o‘zida bajargan holda sovrinli o‘yin ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:

  1. ANORBANK mobil ilovasining ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchisi bo‘lishi va covrinli o‘yin o‘tkazilayotgan muddat ichida faol bo‘lgan AnorBlack, UZCARD Duo yoki UZCARD Kids bank kartalariga ega bo‘lishi.
  2. Sovrinli o‘yin davomida eMaktab tizimiga ulangan bo‘lishi.
  3. O‘yinda ishtirok etish uchun eMaktab ilovasida ko‘rsatilgan telefon raqami kartaga ulangan telefon raqamiga mos kelishi kerak.

O‘yinda ishtirok etish shartlari bilan batafsil ANORBANK rasmiy saytida tanishish mumkin.

Telefon: 1290.

Facebook: fb.com/anorbank
Instagram: @anorbank
Telegram: t.me/anorbank

Reklama huquqlari asosida.