27-aprel kuni soat 02:55 atrofida Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin bir oiladan uch nafar a’zoning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar ayol, o‘g‘il va qiz bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi gumonlanayotgan shaxs qo‘lga oldi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (O‘ta shafqatsizlik bilan ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) 2 qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harkatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.