Toshkentdagi “Kamolon osh” asoschisi Sa’dullo Saidov 6-may kuni vafot etdi. Bu haqda markaz o‘zining tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, 41 yoshli tadbirkor chet elga qilgan safari (Tailand) vaqtida cho‘kib ketib vafot etdi.

Osh markazi rahbarining vafoti munosabati bilan 3 kunga — 7, 8 va 9-may kunlari faoliyatini to‘xtatdi.