30-aprel kuni Xitoyning Anxoy provinsiyasidagi Uxu shahrida 2024 Chery International Business Conference anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Chery uchun global barqarorlikni targ‘ib qilishda yana bir muhim bosqich bo‘lmish Public Welfare & ESG Practices (“Jamoatchilik farovonligi va ESG amaliyotlari”) taqdimotining guvohi bo‘lgan butun dunyo bo‘ylab hamkorlar to‘plandilar. 2024 Chery International Business Conference anjumanida, shuningdek, Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhining rasmiy vakillari ham ishtirok etdilar.

Konferensiyada Chery International kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Chjan Shenshan Public Welfare & ESG Practices (“Jamoat farovonligi va ESG amaliyotlari”)ni taqdim etib, Chery International ESG amaliyotlari 2023-yilda ommalashganini qayd etdi. Shanghai Auto Show`da Chery ushbu sohadagi global loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida International Public Welfare Fund (Xalqaro farovonlik ijtimoiy jamg‘armasi)ni yaratishiga bel bog‘ladi. Shuningdek, kompaniya UNICEF (BMT huzuridagi Xalqaro favqulodda bolalarga yordam jamg‘armasi)ga butun dunyo bo‘ylab ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni xayriya qildi. Bundan tashqari, IUCN (Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) bilan atrof-muhitni butun dunyo miqyosida himoya qilishda yordam beradigan o‘rmonlar, suv-botqoqli hududlar va okeanlarni saqlash va tiklash bo‘yicha innovatsion yondashuvlarni birgalikda o‘rganish bo‘yicha o‘zaro kelishuv memorandumi imzolandi.

chery, реклама

2024-yil va undan keyingi yillarda Chery global bolalar ta’limi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlab, YUNISEF va IUCN bilan hamkorlikni mustahkamlashda davom etadi. Kompaniya bolalarning sifatli ta’lim resurslariga imkoniyatlarini oshirishni kengaytirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, shuningdek, tenglikni ta’minlash va ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashmoqda. Chery butun dunyo bo‘ylab biologik xilma-xillik, suv va dengiz resurslarini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Kelajakda, rivojlanayotgan bozorlarda faoliyatini kengaytirib borish bilan bir qatorda, kompaniya talablarga rioya qilish, takomillashuv va barqaror rivojlanishni birlashtirishga intilib, ESG amaliyotlarini korporativ madaniyatining asosiy elementlari sifatida joriy etib boradi. Kompaniya ta’lim va atrof-muhitni muhofaza qilishni birlashtirgan barqaror ekotizimni yaratishga intilmoqda, shuningdek, imkoniyatlari cheklangan insonlar va keksalarga yanada g‘amho‘r va e’tiborli parvarish va xizmatlarni ta’minlash uchun innovatsion texnologiyalarni faol o‘rganib, o‘ziga uyg‘un va o‘zaro manfaatli kelajakni ko‘zlamoqda.

Konferensiyada Skytower Investments boshqaruv kengashi raisi janob Nil Bush, UNICEF`ning Xitoydagi vakili o‘rinbosari Amanda Bisseks va Nature-based Solutions (NbS) ning rahbari Charlz Karangva so‘zga chiqib, Chery bilan hamkorliklari haqida gapirib berdilar. Bundan tashqari, Chery kompaniyaning global ekologik tashabbuslarini amalga oshirishda muhim qadam bo‘lgan Water Resources and Marine Conservation — Cherish the Nature (“Suv resurslari va dengiz muhitini muhofaza qilish — tabiatni asrang”) loyihasi ishga tushirilganini e’lon qildi.

2024 Chery International Business Conference — bu texnologiyalar va biznesning uchrashuvi, shuningdek, xayriya ruhining almashinuvidir. Ushbu konferensiyada Chery global korporatsiya sifatidagi mas’uliyati va majburiyatlarini, shuningdek, kelajakda jamiyatni barqaror rivojlantirish tamoyillarini chuqur tushunishi va ushbu tamoyillarga sodiqligini namoyish etdi. Hozirgi globallashgan dunyoda kompaniya avtomobilsozlik sohasida filantropiya tendensiyasida yetakchi bo‘lib, aniq amaliy harakatlarni amalga oshirmoqda va butun insoniyat uchun umumiy farovon kelajakni yaratishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekistonda xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan ilk avtomobil zavodi bo‘lgan ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilib, ADM Global kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekistonda taqdim etilayotgan Chery avtomobillarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-boti: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.