8-may kuni O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasida federatsiyaga yangi rahbar saylandi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dastlab, federatsiya raisi lavozimida ishlab kelgan Mehriddin Abdullayevning o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etishi haqida yozgan arizasi ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi. Eslatib o‘tamiz, u 2020-yil yanvaridan 2023-yil martigacha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasini ham boshqargan, shundan so‘ng Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Tashkilot ijroiya qo‘mita tavsiyasiga binoan federatsiya rahbarligiga “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Bahodir Sidiqov Bahromovich nomzodi ilgari surildi.

MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov nomzod haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan, Bahodir Sidiqovning “sportsevar inson sifatida yaxshi nom qozongani va ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash masalasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotganini” ta’kidladi. “Kelgusida yengil atletika rivojini yangi bosqichga ko‘tara olishiga shubha qilmasligini” bildirdi.

баҳодир сидиқов, yengil atletika federatsiyaси, меҳриддин абдuллаев, “o‘zбекнефтгаз”

“Delegatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi va Bahodir Sidiqov O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining yangi raisi etib saylandi”, — deyiladi xabarda.

Bahodir Sidiqov bildirilgan ishonchni oqlashga, yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida terma jamoa atletlarining munosib tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi uchun bor kuch-g‘ayratini ishga solishga va’da berdi. Konferensiyada terma jamoaning Olimpiadaga tayyorgarligi ham muhokama qilindi.