Aprelda aholi sezgan inflyatsiya darajasi mart oyiga nisbatan biroz tezlashib (+1 foiz), 13,7 foizni tashkil etdi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Infografika: Markaziy bank.Infografika: Markaziy bank.

Sezilgan inflyatsiya darajasining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa, eng past darajasi Qoraqalrog‘iston Respublikasida kuzatildi.

sezilgan inflyatsiya

Oy davomida dorilar va tibbiy xizmatlar narxi yuqori darajada o‘sdi, deya qayd etgan respondentlar ulushi sezilarli ko‘paydi. Shuningdek, respondentlarning eng katta ulushi benzin va yonilg‘i narxida yuqori o‘sish kuzatilganini ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilingandi. Bu sanadan boshlab, jumladan, tibbiy xizmatlar, dori vositalari bo‘yicha savdo aylanmasiga QQS hisoblanmoqda. Avval bu bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llangan.

sezilgan inflyatsiya

Daromadi 5 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining sezilgan inflyatsiya darajasi nisbatan yuqori shakllandi. Daromadi 15 mln so‘mdan yuqori respondentlar eng yuqori inflyatsiya darajasini sezganini qayd etgan (17,7 foiz). Daromadi 2 mln so‘mgacha bo‘lgan respondentlarga esa inflyatsiya nisbatan kamroq sezilgan (12,9 foiz).

sezilgan inflyatsiya

Hududlar bo‘yicha eng yuqori inflyatsiya Toshkentda, eng past inflyatsiya esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida sezilgan. Toshkentda inflyatsiyani 8 foiz va undan kamroq darajada sezganlar ulushi 19 foizni, 9−20 foiz darajasida sezganlar ulushi 49 foizni, 21 foiz va undan yuqori darajasi sezganlar ulushi esa 33 foizni tashkil etdi.

sezilgan inflyatsiya