1-sinfga onlayn hujjat topshirish — qo‘llanma
21 iyun 2022, 11:02

1-sinfga onlayn hujjat topshirish — qo‘llanma

20 iyundan Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi maktablarga onlayn-qabul boshlandi. «Gazeta.uz» ota-onalar uchun my.maktab.uz platformasi orqali elektron shaklda maktabga hujjat topshirish bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etadi.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga qanday o‘zgartirishlarni taklif qildi?
21 iyun 2022, 10:17

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga qanday o‘zgartirishlarni taklif qildi?

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qator takliflarini bildirdi: «O‘zbekistan — ijtimoiy davlat», fuqarolarning (100 ming kishidan kam bo‘lmagan guruhda) qonunchilik takliflarini bildirishi, mahalla maqomini Konstitutsiyada belgilash.

«Insonlar hayotini qutqarishda davom etyapman» — PETRONAS kompaniyasi HSE bosh menejeri Nafisa Xodjayeva
19 iyun 2022, 12:47

«Insonlar hayotini qutqarishda davom etyapman» — PETRONAS kompaniyasi HSE bosh menejeri Nafisa Xodjayeva

Malayziyaning PETRONAS kompaniyasi HSE bosh menejeri Nafisa Xodjayeva — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Undan shifokorlik amaliyotini nima uchun tark etgani, korporatsiyada gender tengligiga munosabat qandayligini bilib oldik, shuningdek, yoshlarga maslahatlar berishini so‘radik.

Uch kundan buyon davom etayotgan chipta mojarosi yakun topdimi? O‘zi nima shovqin?
19 iyun 2022, 10:43

Uch kundan buyon davom etayotgan chipta mojarosi yakun topdimi? O‘zi nima shovqin?

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni yoshlari o‘rtasidagi Osiyo kubogi finaliga qiziqish musobaqa O‘zbekistonda o‘tayotganini inobatga olganda anchagina yuqori. Tashkilotchilik darajasi shunga mosmi? Final chiptalari mojarosi hal bo‘ldimi? O‘zi nima shovqin? «Gazeta.uz» voqealar rivojini bir joyga to‘pladi.

Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment, bosh vazirga ishonchsizlik votumi — Konstitutsiyaga takliflar
18 iyun 2022, 14:16

Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment, bosh vazirga ishonchsizlik votumi — Konstitutsiyaga takliflar

Davlat boshqaruvini o‘zgartirish, prezidentga impichment hamda bosh vazirga ishonchsizlik votumini e’lon qilish tartibini joriy etish, bodikamerasi yo‘q ichki ishlar xodimining maqomini oddiy fuqaroga tenglashtirish, o‘zbek tilini bilishni majburiy qilish — Konstitutsiya bo‘yicha ayrim takliflar «Gazeta.uz» materialida.

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?
17 iyun 2022, 16:53 2

OTMga o‘qishga kirishda kimlarga imtiyoz berilgan?

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, ayrimlaridan voz kechilishini ma’lum qildi. «Gazeta.uz» kimlar qanday imtiyozlarga egaligi bo‘yicha ma’lumotlarni bir materialga jamladi. Ularning orasida zulfiyachilardan tortib, harbiy xizmatchilargacha bor.

Faqat kuch tilini tushunadi, propagandasini yengish oson, hech kim obyektiv ma’lumotga ega emas — AQSh diplomatining SSSR haqidagi telegrammasi
17 iyun 2022, 09:00

Faqat kuch tilini tushunadi, propagandasini yengish oson, hech kim obyektiv ma’lumotga ega emas — AQSh diplomatining SSSR haqidagi telegrammasi

1946 yil AQSh diplomati Jorj Kennanning «Uzun telegrammasi»da Sovet Ittifoqi siyosiy tizimiga berilgan ta’rif hali ham dolzarb bo‘lishi mumkin. Sovetlarning faqat kuch tilini tushunishi, tashqi dunyo haqida obyektiv ma’lumotga ega bo‘lmagan Stalin, yengish oson bo‘lgan propaganda — hujjatdagi qiziqarli fikrlar.

Inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar — tarix va bugun
16 iyun 2022, 20:00

Inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar — tarix va bugun

Iqtisodiyot tarixida giperinflyatsiya holatlari ko‘p bor yuz bergan. Ammo bu kabi holatlar hozirgi kunda ham turli mamlakatlarda ro‘y bermoqda. Pulning qadrsizlanishi, aynan hozirgi xalqaro vaziyat fonida yana dolzarb mavzuga aylanmoqda.

Global beqarorlik sharoitida O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilish bo‘yicha pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak?
15 iyun 2022, 09:00

Global beqarorlik sharoitida O‘zbekistonning JST va YeOIIga qo‘shilish bo‘yicha pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak?

JST yoki YeOIIdan istalgan bittasiga a’zo bo‘lish ikkinchisiga a’zo bo‘lishni osonlashtiradi va O‘zbekiston savdo siyosatini hozirgiga qaraganda sezilarli darajada erkinlashtiradi. Biroq, birinchi JSTga a’zo bo‘lish mamlakatga ustunroq mavqe berishi ehtimoli yuqori, deb yozadi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, „fuqaro“ atamasidan voz kechishgacha». Konstitutsiyaga takliflar
14 iyun 2022, 17:12

«Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirishdan tortib, „fuqaro“ atamasidan voz kechishgacha». Konstitutsiyaga takliflar

Prezidentning vakolat muddatini o‘zgartirish, «fuqaro» atamasini «vatandor» ga almashtirish, qo‘shfuqarolik va qo‘shxotinlikka ruxsat berish, Bosh prokuraturani Adliya vazirligiga qo‘shib yuborish, hokimlar va senatorlarni saylash — Konstitutsiya bo‘yicha yuborilayotgan takliflar haqida batafsil «Gazeta.uz» materialida.

Oziq-ovqat inqirozi — bugun va ertangi kun
13 iyun 2022, 19:30

Oziq-ovqat inqirozi — bugun va ertangi kun

Dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat tanqisligi boshlandi. Endi vaziyat yomonlashib boraveradimi? Bizni qanday ssenariylar kutmoqda? Vaziyat qachon o‘nglanishi mumkin? «Gazeta.uz» ushbu maqolada bu boradagi turli tahlillar va fikrlarni sizning e’tiboringizga havola etadi.

12 yil obod qilgan cho‘l maydonini auksion orqali tortib olishmoqchi — «Sahro ishg‘olchisi»
11 iyun 2022, 11:17 1

12 yil obod qilgan cho‘l maydonini auksion orqali tortib olishmoqchi — «Sahro ishg‘olchisi»

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 35 ga cho‘lli maydonda 100 ming tupdan ortiq saksovul ekib, tuproq ko‘chishiga qarshi kurashib kelgan Nomoz Jumayev viloyat hokimligi ushbu yerga egalik huquqini unga bermayotganligini aytdi. Hokimlik prezident farmoniga ko‘ra, endilikda yer faqat auksion orqali sotilishini ta’kidlamoqda.

Ko‘pning aqlini ozchilik tomonidan «jilovlanishi». Biz izlagan yoxud yo‘qotgan Baxt
10 iyun 2022, 09:00

Ko‘pning aqlini ozchilik tomonidan «jilovlanishi». Biz izlagan yoxud yo‘qotgan Baxt

«Farengeyt bo‘yicha 451 daraja» — amerikalik yozuvchi Rey Bredberining shoh asarlaridan biridir. Muallif bir inson hayotida qisqa vaqtda sodir bo‘lgan tub burilishlar, bitmas ehtiyojlar yo‘lida yoqib yuborilgan tafakkur, qalblar va taqdirlar bayoni orqali insoniyatni odam qiyofasini yo‘qotishdan qaytarishga urinadi.

Ukrainadagi urush fonida O‘zbekiston tashqi savdosi qanday o‘zgardi?
8 iyun 2022, 09:00

Ukrainadagi urush fonida O‘zbekiston tashqi savdosi qanday o‘zgardi?

Ukrainadagi urush Rossiyaga kuchli bog‘langan iqtisodiyotlar uchun tashqi savdo xatarlarini keltirib chiqardi. Shunga qaramay, mart-aprel holatiga O‘zbekiston tashqi savdosi sog‘lom ko‘rsatkichlarda o‘sdi. «Gazeta.uz» kolumnisti Mirkomil Xolboyevning ta’kidlashicha, bu tendensiya kelgusi oylarda o‘zgarishi mumkin.

«Ta’lim sifati hech qachon o‘qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi» — Andreas Shlyayxer
7 iyun 2022, 11:36

«Ta’lim sifati hech qachon o‘qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi» — Andreas Shlyayxer

PISA tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer O‘zbekistonning ushbu tadqiqotda qatnashishi ta’limdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish imkoniyatini berishiga ishonadi. U o‘qituvchilar sifatining ta’lim sifatiga ta’siri, baholashda texnologiyaning o‘rni, ta’lim jarayoni ustidan nazoratning muhimligi haqida ham fikr bildirdi.

Rossiyaliklar O‘zbekistonda qanday pul ishlashmoqda?
6 iyun 2022, 19:30 1

Rossiyaliklar O‘zbekistonda qanday pul ishlashmoqda?

O‘zbekistonda rossiyaliklar aynan qanday sohalarda biznes qilishmoqda? Ular mamlakatda qaysi sohalarni tavsiya etishadi? Umuman, 2022 yil boshidan buyon kirib kelgan Rossiya tadbirkorlari O‘zbekiston haqida qanday fikrda?

«Odamlarga bolaligini hadya qilamiz». Xo‘rozqandlarni kim tayyorlaydi?
6 iyun 2022, 13:00 1

«Odamlarga bolaligini hadya qilamiz». Xo‘rozqandlarni kim tayyorlaydi?

Toshkentning yirik bozorlarida olomon shovqini orasida ayol kishining baland ovozi eshitiladi: «Qadimiy xo‘rozqandlar! Bolalaringizni xursand qiladigan shirinliklar hali ham bor». «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam «kinder» davrida kim va nima uchun xo‘rozqandlarni tayyorlashda davom etayotganini o‘rgandi.

Valyutalar belgilari tarixi — dollar, funt, rubl va boshqa valyutalar
3 iyun 2022, 21:07

Valyutalar belgilari tarixi — dollar, funt, rubl va boshqa valyutalar

Dollar, funt, rubl, tenge kabi valyutalar belgilari tarixi haqida bilasizmi? Belgilar dizayni nega aynan shunday ko‘rinishda? Ular qanday tarixga ega?

«G‘alati ramz ekan, ilonga o‘xshaydimi-yey…». Jamoatchilik yangi so‘m ramziga qanday munosabat bildirmoqda?
3 iyun 2022, 17:48

«G‘alati ramz ekan, ilonga o‘xshaydimi-yey…». Jamoatchilik yangi so‘m ramziga qanday munosabat bildirmoqda?

«Yaxshiroq variantlar borligi aniq», «Bu qanaqadir xususiy bank logotipi emasku», «Koinotdan sovg‘a»… Jamoatchilik faollari o‘zbek so‘mining ramziy belgisi tanlovida g‘olib bo‘lgan loyiha bo‘yicha turlicha fiklar bildirishdi. Ayrimlar o‘z loyihalarini taklif qilishdi. «Gazeta.uz» ularni bir maqolaga to‘pladi.

Rubl ko‘ringanidak mustahkam emasmi? Jahon OAVlari bu haqda nima demoqda
3 iyun 2022, 15:30

Rubl ko‘ringanidak mustahkam emasmi? Jahon OAVlari bu haqda nima demoqda

Rubl hozirgi kunda qanchalik mustahkam valyuta? Nega fevral oyidagi keskin pasayishdan so‘ng valyuta barqarorlashdi? Rossiya valyutasini qanday xavflar kutib turibdi?


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting