“Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas”. Davaktiv rahbari — anonslarsiz xususiylashtirishlar haqida
Kecha, 12:56

“Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas”. Davaktiv rahbari — anonslarsiz xususiylashtirishlar haqida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov davlatga tegishli bo‘lgan mulklar yopiq qarorlar asosida xususiylashtirilayotgani haqidagi fikrlarga javob qaytardi. “Bizda yopiq sotish yoki boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas. Hammasining huquqiy asosi bor”, — dedi u.

Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi
Kecha, 11:58

Namangandagi bog‘chaning o‘nlab bolalari bir Damas`ga o‘tqazilib, qabristonga ziyoratga olib borildi

Chortoq tumanidagi oilaviy bog‘chaning 17 nafar tarbiyalanuvchisi avval Xotira maydoniga, so‘ng qabristonga ziyorat uchun olib borildi. Bolalar bitta Damas`ga o‘tqazilgani va taqiqlansa-da, qabristonga olib borilgani uchun bog‘cha rahbari “jiddiy ogohlantirildi”.

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarildi
Kecha, 11:26

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan 2 yoshli bola qutqarildi

Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida 2 yoshli bola 5 metr chuqurlikdagi hojatxonaga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari uni pastdan sog‘ holatda olib chiqdi.

SQ: Soliq xizmati xodimlari ma’lum bir nazorat kassa mashinasidan foydalanishni talab qilishga haqli emas
Kecha, 11:05

SQ: Soliq xizmati xodimlari ma’lum bir nazorat kassa mashinasidan foydalanishni talab qilishga haqli emas

Ijtimoiy tarmoqlarda toshkentlik tadbirkorlardan soliq idoralari xodimlari ma’lum turdagi nazorat-kassa mashinasidan foydalanishni talab qilayotgani va tekshiruv bilan tahdid qilinayotgani haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi. Soliq qo‘mitasining ta’kidlashicha, tadbirkorlar NKM modelini o‘zlari tanlashlari mumkin.

Maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalarni berdi
Kecha, 10:55

Maktab ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha an’anaviy tavsiyalarni berdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda restoran, xonadonlarda “Bitiruv oqshomi”ni o‘tkazish, sovg‘aga pul yig‘ish, bayramga qimmat kiyim sotib olish, yengil mashinalarda sayr, guruh bo‘lib bog‘ va suzish joylariga borish taqiqlanadi.

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi
Kecha, 10:01

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida KamAZ haydovchisi 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. “Kenja farzandim edi, bog‘chada ham juda dono edi. Hech kimning boshiga bu tashvish tushmasin”, — deydi marhumning otasi.

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Kecha, 09:23

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida Matiz (taksi), Lacetti, Spark va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketdi, 2 kishi jarohat oldi.

Farg‘onada tadbirkor 716 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
13 may 2024, 22:03

Farg‘onada tadbirkor 716 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida meva-sabzavotlarni saqlash muzlatgichidagi xatolik sabab korxonaning 716 mln so‘mlik elektr energiyasi iste’moli hisobga olinmagani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlarga taqdim etildi.

“Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda” — Tanzila Narbayeva
13 may 2024, 21:32

“Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda” — Tanzila Narbayeva

“Xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish natijasida qiz bolani o‘qitmaslik, uyda o‘tirishi kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda”, — dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Samarqanddagi Osiyo xotin-qizlari forumida. Uning ta’kidlashicha, qizlar ilg‘or sohalarga faol kirib kelmoqda.

Farg‘onada 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirib, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi
13 may 2024, 21:31

Farg‘onada 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirib, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro til biriktirib, 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirgani, ammo ularga mashina olib bermay, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
13 may 2024, 21:04

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

14-may kuni xristianlik dinining ota-onalarni xotirlash tadbirlari o‘tkazilishi sabab Toshkent shahridagi 3-sonli qabriston tomon 2 ta bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu uchun 8 ta MAN avtobuslari ajratiladi, ular 7:00 dan 18:00 gacha harakatlanadi, yo‘lkira haqi — 5 ming so‘m.

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi
13 may 2024, 20:34

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi

Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jarayon ikki oy davom etdi hamda mamlakat ichida va xorijda keng rezonansga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi
13 may 2024, 20:08

O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi

O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. “Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak”, — dedi prezident.

2024-yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan — Transport vazirligi
13 may 2024, 19:49

2024-yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan — Transport vazirligi

Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ
13 may 2024, 18:30

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ

O‘tgan oyda Ukraina havo mudofaasi kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan raketalarning atigi 30 foizini urib tushirdi, deb yozdi The Wall Street Journal. Ko‘rsatkich so‘nggi yarim yilda 46 foiz, undan avvalgi mos davrda 73 foiz bo‘lgan. Nashr mamlakatda Patriot tizimi uchun o‘q-dorilar tugayotganini qayd etdi.

Aprelda Toshkentdagi ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sishi tezlashdi — ITIM
13 may 2024, 17:57

Aprelda Toshkentdagi ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sishi tezlashdi — ITIM

Aprel oyida Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Martda o‘rtacha narx atigi 0,2 foizga oshgan bo‘lsa, aprelda ko‘rsatkich mos ravishda 1,1 foizga oshdi. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 13 foizga ko‘tarildi.

2024-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olishni 8 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda
13 may 2024, 17:47

2024-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olishni 8 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish hajmini 2024-yilda 8 mln tonnaga, 2025-yilda esa 10 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ko‘rsatkich 2016-yilda 4 mln tonnadan kam, 2023-yilda esa 6,5 mln tonna bo‘lgan. Avvalroq prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi
13 may 2024, 17:33

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi.

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi
13 may 2024, 17:00

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda.

Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra ultramarafoni bo‘ladi
13 may 2024, 15:42

Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra ultramarafoni bo‘ladi

1−2-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra 2024 xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tadi. Yugurish masofalari 2, 10, 21 va 50 kilometrni tashkil qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting