Ibodat amallarini ochiq havoda tashkil etish tavsiya qilindi
25 iyun 2021, 17:28

Ibodat amallarini ochiq havoda tashkil etish tavsiya qilindi

Mas’ul idoralarning takliflari inobatga olingan holda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlarida tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi tavsiya etildi.

Ipak Yo’li Mobile ilovasida pul o‘tkazmalarini Visa Direct orqali komissiyasiz amalga oshirish mumkin
25 iyun 2021, 17:00

Ipak Yo’li Mobile ilovasida pul o‘tkazmalarini Visa Direct orqali komissiyasiz amalga oshirish mumkin

“Ipak Yo‘li” bankning mobil ilovasi foydalanuvchilari uchun Visa kartalaridan pul o‘tkazmalarini Visa Direct orqali amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi
25 iyun 2021, 16:45

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga $200 ming beriladi

Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Prezident qaroriga ko‘ra, oltin medal uchun 200 ming, kumush medal uchun 100 ming va bronza medal uchun 50 ming AQSh dollari beriladi.

Toshkent shahri «qizil» toifadagi hudud deb belgilandi
25 iyun 2021, 16:43

Toshkent shahri «qizil» toifadagi hudud deb belgilandi

Koronavirus bilan kasallanish holatlarining oshishi sababli Toshkent shahri «Qizil» toifadagi hududga, Samarqand va Toshkent viloyatlari «Sariq» toifadagi hududlarga kirishi belgilandi.

Toshkentga kirish bo‘yicha cheklovlar kimga tatbiq qilinmaydi?
25 iyun 2021, 16:16

Toshkentga kirish bo‘yicha cheklovlar kimga tatbiq qilinmaydi?

28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkentga qo‘shni viloyatlardan avtotrnasportda kirish bo‘ychia cheklovlar o‘rnatildi. Sog‘linq saqlash vazirligi ushbu cheklovlar qaysi holatda tatbiq etilmasligi haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda 28 iyundan karantin choralari kuchaytirilmoqda
25 iyun 2021, 15:58 1

O‘zbekistonda 28 iyundan karantin choralari kuchaytirilmoqda

28 iyundan 12 iyulga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatiladi. Ushbu sanadan boshlab barcha umumiy ovqatlanish obyektlari va ko‘ngilochar obyektlarning ish vaqti soat 8:00dan 20:00gacha qilib belgilanadi.

Toshkentda 18 yoshdan katta bo‘lganlar koronavirusga qarshi emlanadi
25 iyun 2021, 15:26

Toshkentda 18 yoshdan katta bo‘lganlar koronavirusga qarshi emlanadi

Kasallanish holatlari ortib borayotganligi sababli 18 yoshdan katta bo‘lgan Toshkent shahri aholisini bepul koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash boshlanmoqda.

Enter Engineering va «Uralmashzavod» O‘zbekistonda 2 mlrd dollarlik boyituvchi kombinat quradi
25 iyun 2021, 15:16

Enter Engineering va «Uralmashzavod» O‘zbekistonda 2 mlrd dollarlik boyituvchi kombinat quradi

Enter Engineering va «Uralmashzavod» kompaniyalari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2 mlrd dollar qiymatga ega boyituvchi kombinat qurishadi. Oldinroq ushbu loyiha SFI Management Group nazoratidagi Renaissance Heavy Industries tomonidan amalga oshirilishi kerak edi, biroq fevral oyida ular loyihadan chiqarib tashlandi.

“Detraleks”: tomirlar kasalligini davolash uchun tizimli yondashuv
25 iyun 2021, 13:00

“Detraleks”: tomirlar kasalligini davolash uchun tizimli yondashuv

“Detraleks” preparati varikoz xastaligini yengishga yordam beradi.

Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
25 iyun 2021, 12:55

Dam olish kunlari issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Shu hafta oxirida O‘zbekistonga issiq havo kirib kela boshlaydi. Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduz kunlari +35…+38 darajani tashkil etadi.

COVID-19 bilan kasallanish holatlari oshganligi sababli Isroil niqob taqish rejimiga qaytmoqda
25 iyun 2021, 12:46

COVID-19 bilan kasallanish holatlari oshganligi sababli Isroil niqob taqish rejimiga qaytmoqda

25 iyundan boshlab COVID-19 bilan kasallanganlar sonining o‘sishi munosabati bilan Isroil yopiq joylarda niqob taqish rejimiga qaytmoqda. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, sport bilan shug‘ullanilayotgan vaqtda niqob taqish majburiy emas.

Qarshi va Jizzaxdagi 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi
25 iyun 2021, 12:09

Qarshi va Jizzaxdagi 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgani aniqlandi

Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida 2 ta oliygohda 22,5 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilganligi aniqlandi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti buxgalteriya xodimlari tomonidan 21 mlrd so‘m naqd pul, Jizzax politexnika institutida esa 1,5 mlrd so‘m plastik kartochkaga o‘tkazilib o‘zlashtirilgan.

Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi
25 iyun 2021, 11:54

Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita tashkil etildi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisida Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Majlisda senator Farxod Boqiyevni mazkur Qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi.

Kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi
25 iyun 2021, 11:35

Kirish imtihonlariga 30 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi

Davlat test markazi rahbari Majid Karimov kirish imtihonlari xarajatlari 30 mlrd so‘mdan oshishini ma’lum qildi. Moddiy-texnik baza uchun sarflanadigan xarajatlar bunga kirmasligi aytildi. Karimovning so‘zlariga ko‘ra, DTMga o‘tgan yilgi qabul jarayonlarida 90 mlrd so‘m atrofida pul tushgan.

Nogironligi bor shaxslar ish topishi uchun Ishplus.uz platformasi ishga tushirildi
25 iyun 2021, 11:23 1

Nogironligi bor shaxslar ish topishi uchun Ishplus.uz platformasi ishga tushirildi

“Sharoit Plus” nogironlar jamoat birlashmasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni munosib ish bilan ta’minlash uchun onlayn platformani ishga tushirdi. Loyihaning hamkorlari — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va YeXHT, loyiha BMTning ijtimoiy himoyani mustahkamlash Qo‘shma dasturi tomonidani qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekistonda yil boshidan birinchi marotaba eng ko‘p koronavirus holatlari qayd etildi
25 iyun 2021, 10:59

O‘zbekistonda yil boshidan birinchi marotaba eng ko‘p koronavirus holatlari qayd etildi

Kecha O‘zbekistonda 476 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 535 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Istiqlol» majmuasi qurilishi kimga topshirildi?
25 iyun 2021, 08:38

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Istiqlol» majmuasi qurilishi kimga topshirildi?

Toshkent yaqinida barpo etilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va «Istiqlol» majmuasi qurilishining pudratchisi, davlat xaridlari portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mimar Group hisoblanadi.

«Osiyo Shengeni» — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin
25 iyun 2021, 08:32

«Osiyo Shengeni» — Silk road visa amalda 2022 yildan boshlab qo‘llanilishi mumkin

Qozog‘iston madaniyat va turizm vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan boshlab Silk road visa amalda qo‘llanila boshlashi mumkin. Avvaliga ushbu yagona viza faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda amal qilishi reja qilingan edi. Qozog‘iston vakilasining so‘zlariga ko‘ra, viza Buyuk Ipak yo‘li mamlakatlari uchun «Osiyo Shengeni» vazifasini o‘tashi kutilmoqda.

O‘zbekiston mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga teng — Shavkat Mirziyoyev
25 iyun 2021, 00:42

O‘zbekiston mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga teng — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti videoselektorda qo‘shnilarni hisobga olganda, mamlakat mebel mahsulotlari bozori 2,5 mlrd dollarga tengligini ta’kidladi. Shu bois, 15 ta hududda klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi. Qolaversa, yana 10 ta hududda charm mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha KSZlar yaratilishi aytildi. «Har bir dollar davlatimizga foyda keltirishi kerak», — dedi u.

Chiroqchida elektr ta’minotidagi muammo sababli «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlar sudga chaqirildi
24 iyun 2021, 23:18

Chiroqchida elektr ta’minotidagi muammo sababli «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlar sudga chaqirildi

Chiroqchi tumanida elektr ta’minotidan norozi bo‘lib, «Afrosiyob» poyezdi yo‘lini to‘sganlarning 13 nafari sudga chaqirildi. Mazkur ish doirasida 50 nafar fuqaroga chora ko‘rilayotgani aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting