Namangan shahrida aeroportning rekonstruksiya qilingan uchib kelish terminali ochildi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maydoni 720 kv. metrdan 1756 kv. metrga yetdi. O‘tkazuvchanlik esa 3 barobar oshdi. Jo‘nab ketish terminalini rekonstruksiya qilish sentabr oyida boshlanadi. Foto.
Namangan viloyatiga Xitoyning Yutong kompaniyasidan 100 ta yangi avtobus olib kelinadi. ZK6890HG modelidagi avtobuslarning dastlabki 20 tasi bir hafta ichida yetkazib berilishi kutilmoqda.
Xitoyning Alibaba texnologik korporatsiyasi Namangandagi IT Park`da o‘z mintaqaviy markazini ochishi mumkin. Tashkilot rasmiylari hudud tekstil, sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yishda mintaqaviy markaz bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Uychi tumanidagi “Gulshan” oilaviy bog‘chasida 15 nafar bola tug‘ilgan kun uchun olib kelingan tortdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, hozirda bolalarning hammasi sog‘lom va ular yana bog‘chaga qaytarilgan.
Namangan shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkorning yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berish evaziga 2000 dollar pora talab qilgani, pulni olishda yurist (sobiq DSI xodimi) yordamlashgani aytilmoqda. Hozirda 2 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Namanganda Katta Andijon kanali, Qoradaryo va Sirdaryo daryolarida cho‘kib ketgan 4 kishi — ikki nafar bola va ikki nafar erkak qidirilmoqda.
Uychi tumanida talaba yigit Norin daryosida cho‘milishga borib, cho‘kib ketgani aytilmoqda. Hozirda viloyat FVB tomonidan qiduruv ishlari olib borilmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Shundan so‘ng o‘ziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Bosh prokuratura ular 2022-yilda ajrashgani, ammo majburan birga yashab kelganini bildirdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan shahrida fundamentidan o‘pirilgan reklama banneri mashina va bir erkak ustiga quladi. Bosh prokuratura fuqaro shifoxonaga olib ketilgani va holat bo‘yicha tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.
Davlatobod tumanida ohak ishlab chiqaruvchi korxona 4 mlrd so‘mdan ortiq gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Namangan viloyatida voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanib qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi. Viloyat IIBga ko‘ra, u yashash xonadonining yerto‘lasidan topilgan. Hozirda unga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
To‘raqo‘rg‘on tumanida erkak uyiga 27 mln so‘mlik bank krediti va boshqa qarzlarini undirish uchun kelgan MIB xodimiga pichoq bilan tashlandi. Xodim o‘zini himoya qilib, o‘ng qo‘l kaft sohasidan jiddiy jarohat oldi. Holat bo‘yicha fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIV Namangan shahrida voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlangan erkakka nisbatan qidiruv e’lon qildi. Tarmoqlarda uni qo‘lga olish maxsus tadbiri aks etgan video tarqalgandi. Vazirlik erkakning ruhiy xastaligi va “nihoyatda tajovuzkorligi” sababli uni uchratganlardan ehtiyot bo‘lishlarini so‘radi.
Namangan shahrida 2023-yil boshidan beri 152 marta qoidabuzarlik qayd etilgan Hyundai aniqlandi. Jarimalarning umumiy summasi 410 million so‘mga teng.
16−23 mart kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
To‘raqo‘rg‘onlik erkak o‘zini Shimoliy Farg‘ona kanaliga tashlab, halok bo‘ldi. 54 yoshli fuqaroning nega bunday qilgani hozircha noma’lum. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.
Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.
Namanganda jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning Sergek intellektual tizimi ishga tushirildi. Qozog‘istonlik mutaxassilar ishlab chiqqan tizim maxsus algoritmlardan foydalangan holda qoidabuzarliklarni aniqlaydi va IIBning vakolatli inspektoriga yuboradi.
Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraksion jihozlari uchun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln so‘mlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting