«yth» tegli maqolalar


Toshkentda piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi
30 yanvar 2024, 17:48

Toshkentda piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi

Sud sentabr oyida Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan keksa yo‘lovchini katta tezlikda urib yuborgan Captiva haydovchisiga nisbatan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Haydovchi o‘tish joyi oldida boshqa mashinalar turgan bo‘lsa-da, to‘xtamay o‘tib ketgandi.

Toshkentda BYD va Chery avtomobillari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
30 yanvar 2024, 09:21

Toshkentda BYD va Chery avtomobillari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzor tumanida BYD va Chery avtomobillari to‘qnashdi. YTH oqibatida ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib borildi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2024, 22:37

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
26 yanvar 2024, 17:27

Toshkentdagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashdi. Spark haydovchisi voqea joyida vafot etdi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda BMW ustunga urilishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi
25 yanvar 2024, 14:09

Toshkentda BMW ustunga urilishi oqibatida 3 kishi jarohat oldi

Yakkasaroy tumanida BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yoritkich ustuniga urildi. Uch kishi shifoxonaga olib ketildi.

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
22 yanvar 2024, 09:43

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi Uralsk-Atirau trassasida sodir bo‘lgan YTH tufayli 3 kishi halok bo‘ldi. Ular O‘zbekistondan bo‘lgan bir oilaning a’zolari sanaladi. Shuningdek, bir bola shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryoda Nexia avtozak bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
21 yanvar 2024, 11:24

Surxondaryoda Nexia avtozak bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Denov tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, avtozak bilan to‘qnashdi. Oqibatda piyoda shifoxonaga yotqizildi, Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi
18 yanvar 2024, 17:41

Andijonda Gentra urib yuborgan 77 yoshli erkak vafot etdi

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda — FVV
16 yanvar 2024, 22:38

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari olib borilmoqda — FVV

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaning Samara viloyatida YTHga uchragan Lada Largus avtomobilida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lganini tasdiqladi. Ularning uch nafari vafot etgan, to‘rt nafari esa davolanmoqda. Tegishli tashkilotlar ularni vatanga qaytarish ustida ishlamoqda.

Rossiyada davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor
16 yanvar 2024, 17:32

Rossiyada davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor

Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatiga tegishli davlat raqam belgisi bo‘lgan Lada Largus avtomobili “Gazel” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Largus avtomashinasining uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizildi.

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi
15 yanvar 2024, 15:11

Navoiyda ikkita mashina to‘qnashishi oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi

Navoiyda Volkswagen ID6 mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan Matiz`ga kelib urildi. Oqibatda Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Urganchga olib kelindi
13 yanvar 2024, 09:21

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadi Urganchga olib kelindi

Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadlari maxsus reys bilan Urganchga olib kelindi. Barcha vafot etganlar Xorazm viloyatidan bo‘lgan.

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — FVV
11 yanvar 2024, 21:53

Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan va jabrlangan o‘zbekistonliklar vatanga qaytariladi — FVV

Prezident Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadini, shuningdek, jabrlangan ikki nafar fuqaroni Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani aytilmoqda
11 yanvar 2024, 16:21

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani aytilmoqda

Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Haydovchi bilan birga yetti kishi halok bo‘ldi.

O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi
11 yanvar 2024, 15:17

O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.

Qamchiq dovonidagi YTHda yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi
10 yanvar 2024, 05:52

Qamchiq dovonidagi YTHda yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi temir to‘siqqa urilib, ag‘darildi va yonib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Jizzaxda avtobus “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi
7 yanvar 2024, 15:58

Jizzaxda avtobus “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi.

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi
7 yanvar 2024, 13:09

Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirishkor tumanida Nexia yo‘lning qarama-qarshi tomonida ketayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.

Samarqandda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ulardan biri butunlay yonib ketdi
4 yanvar 2024, 17:41

Samarqandda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida ulardan biri butunlay yonib ketdi

Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
4 yanvar 2024, 08:38

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona tumanida asosiy yo‘lga shoshilib chiqqani aytilayotgan Nexia-3 mashinasi Tracker`ga urildi. Oqibatda 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting