29 iyul — 3 avgust kunlari Dog‘iston Respublikasining Kaspiysk shahrida boks bo‘yicha «Magomed-Salam Umaxanov» xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu turnirda o‘zbekistonlik bokschilar 8 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shulardan ikkita oltin, uchta kumush va uchta bronza bilan O‘zbekistonga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bokschilarni keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirokida kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Oltin:
Abror Qodirov (-52 kg)
Abdulhay Shorahmatov (-56 kg)

Kumush:
Otabek Xolmatov (-60 kg)
Bilolbek Mirzarahimov (-69 kg)
Saidjamshid Jafarov (-75 kg)

Bronza:
Shahobiddin Zoirov (-52 kg)
Akmurad Gaffarov (-75 kg)
Lazizbek Mullajonov (+91 kg).