Kuvaytda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa 14 vazn toifasida o‘tkazilgan bo‘lib, ulardan 12 tasida O‘zbekiston terma jamoai vakillari finalga chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

12 nafar bokschidan 10 tasi final jangida g‘alaba qozonib, o‘z vazn toifasida Osiyo chempioni, degan nomga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu qit’a birinchiligida 10 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.

Musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilar:

-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov

-37 kg: Hojiakbar Mahmudov

-40 kg: Farrux To‘laganov

-43 kg: Umidillo Abdurasulov

-46 kg: Boburbek Bobojonov

-49 kg: Lazizbek To‘lqinov

-52 kg: Dalerjon Bozorov

-55 kg: Jahongir Narziyev

-61 kg: Mirzob Nekboyev

-64 kg: Shavkatjon Boltayev


Kumush medal egalari:

-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

-67 kg: Shahboz Hamidullayev


Bronza medal egalari:

-70 kg: Aynazar Kenesbayev

+70 kg: Husanboy Rihsiboyev.