6-mart kuni O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov Singapur va Avstraliyadagi diplomatik missiyasini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Elchi Toshkentga qaytishdan avval Singapur vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar 2023-yilning yanvar va may oylarida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarning natijalari hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkonini bergani alohida ta’kidladilar.

Qahramon Shokirov Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, u Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) hamda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. 53 yoshli diplomat 2018−2024-yillarda Singapurdagi va 2022−2024-yillarda o‘rindoshlik asosida Avstraliyadagi (qarorgohi Singapur shahrida) elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.