Siyosat

dayjest

Qurbon Tursunov Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bungacha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. Shaharning avvalgi hokimi sog‘ligi yomonlashgani sabab ishdan ketgani aytildi.


dayjest

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar, Marhamat va Buloqboshi tumanlariga esa hokim tayinlandi

Sardoba tumaniga hokimlik qilib kelgan Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. O‘tkirbek Ma’murov Andijonning Marhamat tumaniga, Furqatbek Bo‘taxonov esa Buloqboshi tumaniga hokim etib tayinlandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit

Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.


dayjest

UzAuto Motors`ning foydasi birinchi chorakda qariyb 5 barobar oshdi

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 5 baravar — 1,29 trillion so‘mgacha ko‘paydi.


dayjest

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.


dayjest

O‘zbekistonda yil boshidan beri inflyatsiya qariyb 2,6 foizni tashkil etdi

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.


dayjest

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari jamoatchilik bilan kelishiladi — DSQ va SSP

DSQ va Savdo-sanoat palatasi muhokamalarga sabab bo‘lgan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari bo‘yicha qaror loyihasi hukumatga kiritilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Loyiha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va biznesga salbiy ta’sir talablari bartaraf etiladi.


dayjest

YTTB O‘zbekistonda suv ta’minoti, energetika va yo‘l infratuzilmasi loyihalarida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev YTTB prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Davlat rahbari mazkur bank bilan hamkorlikda suv ta’minoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi va “yashil” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.


dayjest

Budjet defitsiti inflyatsiyaga bevosita ta’sir qiladi — MB raisi Mamarizo Nurmuratov

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov budjet taqchilligining inflyatsiyaga bevosita ta’sirini ta’kidladi, biroq regulyatorda bu ko‘rsatkichni pasaytirish vositalari yo‘qligini tan oldi.


Jamiyat

dayjest

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani erkakning ichki ishlar tizimiga aloqasi yo‘qligi, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ketayotganini bildirdi.


dayjest

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.


dayjest

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 3−6-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga to‘qqizta viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ham kuzatiladi.


dayjest

Toshkent viloyatida 8-maygacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 1−8-may kunlari Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasi tog‘lari hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.


dayjest

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar, jumladan BYD, Dongfeng, Hongqi va boshqalarni o‘z ichiga olgan taksi tarifini ishga tushiradi. Kompaniya uning joriy etilishini mijozlarning elektromobillardan foydalanish bo‘yicha barqaror talabi bilan izohladi.


dayjest

Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Buxoroda “Ark” majmuasi, “Xo‘ja kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir devonbegi” madrasalari restavratsiyasi uchun ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoiy ish ochildi.


dayjest

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘ida 3-maygacha transport harakati cheklandi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchilarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.


dayjest

Samarqandda Sobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi

Samarqand shahrida Sobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.


dayjest

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.


dayjest

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mutolaa loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi — bepul mobil ilova o‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan, ularning yarmidan ko‘pi audio versiyasiga ega. Matnlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan o‘qilgan.


dayjest

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.


dayjest

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

3, 4, 5-may kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.


dayjest

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi.


dayjest

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida noqonuniy baliq ovlayotgan erkaklar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi. Ular inspektorlarni suvga itarib, rezina qayiqlarini yoqib yuborgan va qochib ketgan.


Sport

dayjest

O‘zbekistonlik hokkeychilar U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi (video)

Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Tailandni mag‘lub etib, U-18 Osiyo va Okeaniya kubogida ketma-ket ikkinchi bor chempionga aylandi.


Jahon

dayjest

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!