Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro xonadoniga echkiemar kirib qolgani bo‘yicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga murojaat qildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Murojaat borib o‘rganilganda jonivor bir bosh dala echkiemari ekani, unga hech qanday jarohat yetkazilmagani ma’lum bo‘lgan.

Echkiemar salomatligi yaxshi bo‘lgani sababli aholi yashash joyidan uzoq, echkiemarlar yashashi uchun mos keladigan hududga qo‘yib yuborilgan.

“Xonadoningizga “Qizil kitob"ga kiritilgan, noyob, yirtqich jonivorlar kirib qolsa yoki shu holatga guvoh bo‘lsangiz, Ekologiya vazirligi yoki vazirlikning tegishli hududiy boshqarmalariga murojaat qiling”, — deyiladi xabarda.