15-maydan Toshkent shahrida joylashgan barcha transport kartalari sotish shoxobchalari faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.

Endilikda ATTO transport kartalarini xarid qilish, hisobini to‘ldirish va tarif sotib olish xizmatlari UzPost aloqa bo‘limlarida (markaziy pochta bo‘limlarida) amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, metro bekatlarida ham transport kartalarini xarid qilish mumkin.

Shuningdek, respublikaning Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm, Namangan, Jizzax, Fargona viloyatlari va Qarshi, Termiz, Nukus shaharlari hududida joylashgan UzPost pochta bo‘limlarida ham transport kartasini sotib olsa bo‘ladi.

Transport vazirligi avtobus va metroda elektron to‘lovlardan yanada qulayroq foydalanish uchun ATTO mobil ilovasini yuklab olish va virtual kartadan foydalanishni tavsiya qildi.