Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi
24 iyun 2021, 12:36

Qo‘qon Turkiy kengash davlatlarining ilk «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining turizm vazirlari yig‘ilishida Qo‘qon shahri kengash mamlakatlarining «Turizm poytaxti» deb e’lon qilindi.

DXX Tojikistondan olib kirilgan qariyb 9 kg giyohvandlik moddalarini musodara qildi
24 iyun 2021, 12:23

DXX Tojikistondan olib kirilgan qariyb 9 kg giyohvandlik moddalarini musodara qildi

DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida jami 3,3 kg, Toshkent viloyatida jami 5,4 kg giyohvandlik moddalari topildi va musodara qilindi. Barcha holatlarda narkotik moddalar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

Yevro-2020. Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya. Musobaqaning 1/8 final juftliklari aniqlandi
24 iyun 2021, 12:02

Yevro-2020. Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya. Musobaqaning 1/8 final juftliklari aniqlandi

Yevropa chempionatining guruh bosqich uchrashuvlari yakuniga yetdi va nimchorak final juftliklari nomi aniq bo‘ldi. Nimchorak final o‘yinlari 26, 27, 28 hamda 29 iyun kunlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichdagi qarama-qarshiliklar orasida Belgiya — Portugaliya, Angliya — Germaniya bahslari o‘rin olgan.

23 iyun kuni O‘zbekistonda 1 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 442 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi
24 iyun 2021, 11:43

23 iyun kuni O‘zbekistonda 1 nafar koronavirus bemori vafot etdi, 442 ta yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Kecha O‘zbekistonda 442 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 398 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Sirdaryoda 8 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi
24 iyun 2021, 11:39

Sirdaryoda 8 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga qamaldi

Sirdaryoda viloyati Sayxunobod tumanidagi maktab hojatxonasida 8 yoshli qizaloqqa tegajog‘lik qilgan erkakka 10 yil qamoq jazosi tayinlandi. U o‘ta xavfli retsidivist deb e’lon qilingan.

O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi aniqlandi
24 iyun 2021, 10:47

O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusning eng xavfli ko‘rinishlaridan biri «hindcha» shtamm aniqlangan. U mamlakatga Rossiya hududidan kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish taklif etildi
24 iyun 2021, 10:29

Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» deb e’lon qilish taklif etildi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turizm vazirlarining VI yig‘ilishida yettita taklifni, jumladan, davlatlar o‘rtasida transport logistikani rivojlantirish, Madaniy meros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil etishni taklif qildi. Qolaversa, u Qo‘qon shahrini Turkiy kengashning «Turizm poytaxti» sifatida e’lon qilish taklifini bildirdi.

2021−2022 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi
24 iyun 2021, 08:04

2021−2022 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

2021−2022 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari qabul qilindi.

«Shahidlar xotirasi» majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtiriladi?
24 iyun 2021, 07:41

«Shahidlar xotirasi» majmuasi hududidagi obyektlar qurilishi qanday moliyalashtiriladi?

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi hududida obyektlar qurilishini moliyalashtirish uchun Toshkent hokimligining mahalliy byudjetidan 20 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘, shuningdek boshqa hududlardagi investorlarga yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘larni yo‘naltirish rejalashtirilgan. Gap majmua yaqinidagi 2,67 gektar yer hamda 0,9 gektarlik Aqva Bog’i akvaparki hududi haqida bormoqda.

Prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzoladi
23 iyun 2021, 21:23 2

Prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzoladi

Prezident Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etishga oid qarorni imzoladi. Sentyabrda ish boshlaydigan OTMda 5 ta — muhandislik, tabiiy fanlar, boshqaruv, agrotexnologiyalar va axborot texnologiyalari fakultetlari bo‘ladi. Qabul imtihonlarini Kembrij universiteti o‘tkazadi. O‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladi.

Toshkentda suv hisoblashning intellektual tizimi joriy etiladi
23 iyun 2021, 21:09

Toshkentda suv hisoblashning intellektual tizimi joriy etiladi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Fransiyaning Suez International o‘rtasida Toshkent uchun suv hisoblashning intellektual tizimini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikdagi tadbirlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

23 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
23 iyun 2021, 21:00

23 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha yangi prezident farmoni loyihasi, Oliy ta’lim vaziriga yangi tayinlovlar, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta hujjat imzolanishi, Qozog‘iston politsiya xizmati 86 ta yangi Cobalt avtomobili sotib olishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyatni muhokama qildi
23 iyun 2021, 20:38

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari telefon orqali muloqotda Markaziy Osiyoda qaror topayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashib, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun yaqin muloqot va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Toshkentda MilaWall dekorativ suvoq shourumi ochildi
23 iyun 2021, 19:00

Toshkentda MilaWall dekorativ suvoq shourumi ochildi

MilaWall shourumning ochilishida mehmonlarga yorqin ko‘ngilochar dastur va dekorativ bo‘yoq va suvoqning imkoniyatlari namoyish etildi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 2 ta maxsus poyezd reysi qo‘yildi
23 iyun 2021, 18:10

Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun 2 ta maxsus poyezd reysi qo‘yildi

Pandemiya paytida Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun ikkita maxsus poyezd reyslari yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent, 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatni amalga oshiradi.

Loyiha: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkin
23 iyun 2021, 16:57

Loyiha: korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topilishi mumkin

Prezident qarori loyihasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni amalga oshirish kutilmoqda. Xususan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish qat’iyan taqiqlangan mansabdor shaxslar va xodimlar ro‘yxatini belgilash, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi sababli shartnomalar haqiqiy emas deb topish, davlat organlariga ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish va boshqa choralar taklif etildi.

«O‘zbekneftgaz» tizimida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlandi
23 iyun 2021, 16:23

«O‘zbekneftgaz» tizimida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlandi

«O‘zbekneftgaz» AJning boshqarmalari (zavod), korxona va neft bazalarida ishlovchi xodimlar o‘rtasida 220 ta holatda qarindosh-urug‘chilik munosabatlari aniqlangan. Jumladan, korxonalardan biridagi bosh texnologning 5 ta qarindoshi qo‘l ostidagi asosiy ishlab chiqarish sexida ishlashi, boshqa bir energetikning 4 ta qarindoshi qo‘l ostidagi elektr ta’minot sexida faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
23 iyun 2021, 16:22

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 9,48 so‘mga pasaydi va jami 10 571,88 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi
23 iyun 2021, 15:27

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 12 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari o‘rtasidagi yig‘ilish natijasida kadastr, logistika, bojxona, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

«Lukoyl» O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollar ajratishni rejalashtirmoqda
23 iyun 2021, 15:21

«Lukoyl» O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollar ajratishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalar uchun 12 mlrd dollardan ortiq mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Bungacha kompaniya O‘zbekistonning energiya salohiyatini rivojlantirishga 8 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting