Siyosat

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keladi
22 aprel 2024, 15:10

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keladi

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri va sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Toshkentga tashrif buyuradi. Uning O‘zbekistondagi hamkasbi bilan muzokaralarida mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etish reja qilingan.

Prokuratura, tibbiyot muassasalari va boshqa davlat idoralari flagman smartfonlar xarid qilmoqda
22 aprel 2024, 14:22

Prokuratura, tibbiyot muassasalari va boshqa davlat idoralari flagman smartfonlar xarid qilmoqda

Samarqand viloyati prokuraturasi 445 mln so‘mga 22 dona iPhone 14 Pro Max smartfonlarini xarid qildi. Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi Toshkent viloyati bo‘limi 51 mln so‘mga ikkita iPhone 15 Pro Max sotib oldi. Boshqa davlat idoralari ham smartfonlar xarid qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi
22 aprel 2024, 10:07

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi

Shavkat Mirziyoyev 22-apreldan qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Oldingi safar u 2023-yilning dekabrida ta’tilga chiqqandi.

Ozarbayjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi
22 aprel 2024, 09:06

Ozarbayjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi

Ozarbayjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi birinchi faxriy konsulxonasi ochildi. Unga konsul etib Kyanan Jalilov tayinlandi.

Ikkita qo‘mita va agentlik rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 aprel 2024, 20:45

Ikkita qo‘mita va agentlik rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Bosh vazir qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

YI va BMTTD O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydi
20 aprel 2024, 14:12

YI va BMTTD O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlaydi

YI homiyligidagi “O‘zbekistonda boshqaruv tizimini takomillashtirish” tashabbusi doirasida “Inklyuziv ravishda korrupsiyaning oldini olish” va “Korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihalari ishga tushirildi. Ular mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi, umumiy qiymati 7 mln yevrodan oshadi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi yangi elchixonasini ochib berdi (foto)
19 aprel 2024, 14:29

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbedagi yangi elchixonasini ochib berdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonning Dushanbe shahridagi yangi qurilgan vakolatxonasi ochilish marosimida qatnashdi. Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdi.

“Biz o‘zbek-tojik ittifoqchiligini chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga intilishimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev
18 aprel 2024, 19:02

“Biz o‘zbek-tojik ittifoqchiligini chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga intilishimizni tasdiqladik” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Tojikiston bilan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani haqida shunday dedi: “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qat’iy intilishimizni tasdiqladik”.

O‘zbekiston va Tojikiston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
18 aprel 2024, 16:59

O‘zbekiston va Tojikiston ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari muzokaralar yakunida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida jami 28 ta hujjat imzolandi.

O‘zbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi
18 aprel 2024, 15:23

O‘zbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor hamda kengaytirilgan doirada uchrashib, hukumatlar oldiga tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Transport va tranzit tashish sohasidagi hamkorlik strategik yo‘nalish sifatida ko‘rildi.

“Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi
18 aprel 2024, 12:15

“Yuksalish” energetika tarmog‘ini rivojlantirish uchun xarajatlarni ochiqlashga chaqirdi

“Yuksalish” harakati rahbariga ko‘ra, elektr energiyasiga yangi tariflarni joriy etish bilan bir paytda sohadagi muammolarni hal etish zarur. Isitish, gaz tizimi yo‘q hududlarni hisobga olish, shuningdek, tizimni rivojlantirishda xarajatlar shaffofligini ta’minlash va differensiyalangan tariflarni kiritish muhim.

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi (foto, video)
18 aprel 2024, 11:50

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Dushanbega bordi. Uni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi. Davlat rahbarlari strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi. Foto, video.

Prezident Al-Xorazmiy shaharchasi va Beruniy muzeyini rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi
17 aprel 2024, 15:37

Prezident Al-Xorazmiy shaharchasi va Beruniy muzeyini rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi va universiteti hamda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani markazida muzey qurilishi loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi
17 aprel 2024, 12:35

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

18−19-aprel kunlari Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ladi. Dushanbeda oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuv va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda
17 aprel 2024, 04:41

NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda

NATO xodimlari O‘zbekiston Qurolli kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlar harbiy alyans to‘g‘risida ma’lumot berib, NATOga a’zo davlatlarda serjantlar qanday tayyorlanishi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etdi. Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari 20-aprelgacha davom etadi.

Demokratiya, qancha qusuri bo‘lsa ham, baribir avtokratiyadan yaxshiroq
16 aprel 2024, 13:33 1

Demokratiya, qancha qusuri bo‘lsa ham, baribir avtokratiyadan yaxshiroq

Demokratiyaning nima keragi bor? Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun an’anaviy avtokratiya yaxshiroq emasmi? Bu savollarning javobi, FT sharhlovchisi Martin Vulfning qayd etishicha, faqat rivojlanayotgan mamlakatlar aholisinigina qiziqtirayotgani yo‘q. “Gazeta.uz” uning shu haqdagi maqolasini tarjima qildi.

Prezident Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari muloqoti delegatlarini qabul qildi
15 aprel 2024, 19:14

Prezident Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari muloqoti delegatlarini qabul qildi

Prezident “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti yig‘ilishiga kelgan, jumladan, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘mon va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV
15 aprel 2024, 13:33

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, — deyiladi bayonotda.

“O‘zbek xalqini biz o‘ylamasak, kim o‘ylaydi?” Shavkat Mirziyoyev — jahondagi tahdidlar va prezidentlik haqida
14 aprel 2024, 00:42

“O‘zbek xalqini biz o‘ylamasak, kim o‘ylaydi?” Shavkat Mirziyoyev — jahondagi tahdidlar va prezidentlik haqida

Mamlakat tinchligini saqlash, aholini daromad va munosib sharoit bilan ta’minlash uchun barqaror va tez sur’atlarda o‘sadigan iqtisodiyot kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev. “Bunga men yetti yil umrimni qo‘ydim… Xalqim farovon bo‘lsin, niyatlari amalga oshsin, deb ishga keldim men”, — dedi u.

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi
13 aprel 2024, 22:06

Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Anvar Oripov Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi. Hududning avvalgi rahbari Sherzod Rajabov esa hokimning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting