“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining sakkizinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchi deb esa “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmati topildi.
Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarini O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rinda yakunladi. 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik sportchi musobaqada jami 79 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Para Osiyo o‘yinlarining 5-kuni o‘zbekistonlik para suzuvchilar va para atletlarga omadli keldi. Erkin usulda suzish bahslarida shohsupaning uchala o‘rnini ham o‘zbekistonliklar egalladi. Jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.
Para Osiyo o‘yinlarining 4-kunida O‘zbekiston terma jamoasi avvalgi kunlarga qaraganda kamroq — 7 ta medal qo‘lga kiritdi. Para yengil atletikachilar Bobur Omonov va Nurxon Qurbonova musobaqa rekordini o‘rnatdi. Avvalgi Para Osiyo o‘yinlari chempioni Asila Mirzayorova yana shohsupaga ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik dzyudochi Shahram Ahadov Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Para Osiyo o‘yinlarining 3-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medal olib, umumiy medallari sonini 54 taga yetkazdi. Eng ko‘p sovrinlarni para yengil atletika, para taekvondo va para dzyudochilar qo‘lga kiritdi. Jamoa turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida 18 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinda bormoqda. Para kanoe bahslarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Xanchjou shahrida o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarining 1-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 20 ta medalga ega chiqdi. Eng ko‘p sovrin para kanoye, para dzyudo, para yengil atletika va para taekvondo sport yo‘nalishlarida olindi.
O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsiatsiyaga Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov rais etib saylandi. Alisher Sa’dullayev unga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.
O‘zbekiston futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Xitoy terma jamoasini mag‘lub etdi. Bu terma jamoaning 3 yil ichida ilk safardagi g‘alabasi (video, foto, statistika).
Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi.
Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.
Shavkat Mirziyoyev XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 71 ta medalga sazovor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabriklab, oltin medallarning yarmini qizlar qo‘lga kiritganidan mamnunligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, 2024-yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti etib tasdiqlandi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).
Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Xitoyda davom etayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 3 ta oltin va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Boks bo‘yicha terma jamoa a’zolari Xasanboy Do‘smatov, Abdumalik Xalokov va Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari yarim finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Milliy terma jamoa bronza medali uchun Gonkongga qarshi bahs olib boradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting