«tojikiston» tegli maqolalar


Qirg‘iz-tojik chegarasining butun perimetrlari bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
16 sentabr 2022, 14:59

Qirg‘iz-tojik chegarasining butun perimetrlari bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi

Qirg‘iz-tojik chegarasida vaziyat yana keskinlashib, chegara bo‘ylab qurolli to‘qnashuvlar bo‘lgani, bunda og‘ir harbiy qurollardan foydalanilgani aytildi. Tomonlar hodisada bir-birini aybladi. Keyinroq 2 davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum qilindi.

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi
12 avgust 2022, 13:07

Paxta O‘zbekistonga Tojikistondan import qilinadigan birinchi raqamli tovarga aylandi

2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston Tojikistondan umumiy qiymati 17,3 mln dollar bo‘lgan 6,6 ming tonna paxta import qildi. Paxta importi hajmi sement hamda elektr energiyasidan ham ortib ketdi.

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga boradigan avtobus yo‘lga qo‘yiladi
11 avgust 2022, 12:16

Sirdaryodan Tojikiston orqali Qo‘qonga boradigan avtobus yo‘lga qo‘yiladi

Tez kunlarda “Guliston — Qo‘qon” yo‘nalishida Tojikiston orqali harakatlanuvchi yangi avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘l haqi 50 ming so‘m atrofida bo‘ladi, yo‘lovchilardan xorijga chiqish pasportini olish talab etiladi. Yo‘lovchilarni Tojikiston hududida tushirish va olish taqiqlanadi.

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi
10 avgust 2022, 16:20

Surxondaryoda o‘zbek-tojik o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari Surxondaryodagi o‘quvda rejaga ko‘ra, chegarani buzib kirmoqchi bo‘lgan shartli dushman to‘dalarini muvaffaqiyatli yo‘q qildi.

O‘zbekistonga Tojikiston mudofaa vaziri tashrif buyurdi
9 avgust 2022, 16:22

O‘zbekistonga Tojikiston mudofaa vaziri tashrif buyurdi

O‘zbekiston harbiy oliy o‘quv yurtlarida Tojikiston harbiy xizmatchilarini tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga mudofaa vazirlari Bahodir Kurbanov va Sherali Mirzo imzo chekdi.

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
5 avgust 2022, 11:33

O‘zbekiston va Tojikiston harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Termizda O‘zbekiston va Tojikistonning «Hamdo‘stlik-2022» qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
4 iyul 2022, 20:16

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda mamlakat rahbariyatining Qoraqalpog‘istonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Tog‘li Badaxshonda terrorchilik guruhlari faoliyatiga chek qo‘yildi» — Tojikiston rasmiylari
20 iyun 2022, 21:43

«Tog‘li Badaxshonda terrorchilik guruhlari faoliyatiga chek qo‘yildi» — Tojikiston rasmiylari

Tojikiston hukumati Tog‘li Badaxshondagi «uyushgan terrorchi guruhlar» faoliyatiga chek qo‘yilganini e’lon qildi. Gap 220 ga yaqin kishining hibsga olingani va yana 16 kishining «zararsizlantirilishi» haqida ketmoqda. Avvalroq BMT Tojikistonni Pomir ozchiligiga nisbatan repressiyalarni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana otishma yuz bergani aytilmoqda
3 iyun 2022, 18:29

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida yana otishma yuz bergani aytilmoqda

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgani haqida ikki mamlakat OAVlari xabar bermoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki tomondan uch nafar chegarachi yaralangani aytilmoqda.

Moskvadagi qurilishda ommaviy mushtlashgan o‘zbek va tojik migrantlari deportatsiya qilinadi
2 iyun 2022, 18:51

Moskvadagi qurilishda ommaviy mushtlashgan o‘zbek va tojik migrantlari deportatsiya qilinadi

Moskvadagi qurilish maydonida ommaviy mushtlashgan yuzdan ortiq O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari Rossiyadan deportatsiya qilinadi. Bu bo‘yicha sud qarori qabul qilindi.

Emomali Rahmon O‘zbekistonga keldi
2 iyun 2022, 14:38

Emomali Rahmon O‘zbekistonga keldi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Emomali Rahmon 2−3 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
31 may 2022, 13:08

Emomali Rahmon 2−3 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2−3 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

Tojikistonga KXSHT qo‘shinlari kiritilishi mumkin
19 may 2022, 13:42

Tojikistonga KXSHT qo‘shinlari kiritilishi mumkin

KXSHT qo‘shinlari Qozog‘iston misolida Tojikistonga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi vaziyatni yumshatish maqsadida kiritilishi mumkin. Qirg‘izistonlik ekspert Artur Medetbekovning fikricha, Tojikiston rahbari vaziyat tashqi terrorchilar tomonidan izdan chiqarilayotganini isbotlasa Emomali Rahmon rejimini saqlab qolish uchun KXSHT qo‘llanilishi mumkin.

Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida nimalar bo‘ldi?
19 may 2022, 11:53

Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida nimalar bo‘ldi?

Tojikiston IIV namoyishlar bo‘lib o‘tgan Tog‘li Badaxshonda bir kishi vafot etgani, 13 nafar harbiy jarohatlanganini ma’lum qildi. Rasmiylar voqeani «jinoiy guruhning jamoat xavfsizligini buzish va aholini qo‘rqitish maqsadida» uyushtirgan provokatsiyasi sifatida baholadi. OAV esa jurnalistlarga bosim va hujumlar haqida xabar bermoqda. Ehtimoliy tashkilotchilarga nisbatan esa jinoyat ishi ochildi.

Tojikistonning Rushon tumanida terrorga qarshi operatsiya boshlandi
18 may 2022, 13:59

Tojikistonning Rushon tumanida terrorga qarshi operatsiya boshlandi

Tojikiston IIV Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Rushon tumanida terrorga qarshi operatsiya boshladi. Bunga mahalliy aholi Badaxshon markaziga harakatlanayotgan harbiy mashinalar yo‘lini to‘sib qo‘ygani sabab qilib ko‘rsatilayapti. Rasmiy Dushanbe namoyishchilar xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlamoqda.

Tojikistonning Xorug‘ viloyatida namoyishchilar hokimning iste’fosini talab qilmoqda
16 may 2022, 22:24

Tojikistonning Xorug‘ viloyatida namoyishchilar hokimning iste’fosini talab qilmoqda

Tojikistonning Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatida namoyishchilar viloyat rahbari va Xorug‘ hokimining iste’fosini talab qilishdi. Prokuratura mitingni mamlakat xavfsizligiga putur yetkazish maqsadida o‘tkazilgan «noqonuniy harakat» deb atadi.

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda
13 may 2022, 16:58

Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda

Dushanbe shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston va Tojikiston TIV rahbarlari Tojikiston prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi
5 may 2022, 11:27

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mintaqadagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari telefon orqali muloqoti davomida bir-birini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ikki tomonlama hamkorlik va Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni O‘zbekistonga taklif qildi.

O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralarni ochdi
16 mart 2022, 00:06 1

O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegaralarni ochdi

16 martdan boshlab O‘zbekistonning Qozog‘iston va Tojikiston bilan o‘tkazish punktlari orqali fuqarolar harakatiga cheklovlar bekor qilinadi. Barcha bojxona postlari faoliyati qayta tiklanadi. Qolaversa, mamlakatga kirishda vaksina olgan xorijliklardan PZR-test natijasi talab etilmaydi.

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi
10 mart 2022, 16:18

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida 10 daqiqalik otishma yuzaga keldi. Buning oqibatida Tojikiston tomonidan bir chegarachi halok bo‘ldi, ikki nafari yaralandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting