«xitoy» tegli maqolalar


O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
24 yanvar 2024, 20:13

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Xitoy hukumatlari atrof-muhitni muhofaza qilish, inson resurslarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, Xitoydan Yevropaga temir yo‘l ekspresslari yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish va “Havo ipak yo‘li"ni birgalikda qurish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi
24 yanvar 2024, 19:50

O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralarida Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni O‘zbekiston davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi. Tomonlar hududlar kengashini tuzishga kelishib oldi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto
24 yanvar 2024, 17:19

Xitoyda Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Foto

Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig‘inlari uyida O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘sha yerda Xitoy raisi Si Szinpin va Shavkat Mirziyoyevning muzokaralari boshlandi. Foto.

Xitoy Eksimbanki Toshkentda mintaqaviy ofis ochishni rejalashtirmoqda
24 yanvar 2024, 16:22

Xitoy Eksimbanki Toshkentda mintaqaviy ofis ochishni rejalashtirmoqda

Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Eksport-import banki raisi o‘rtasidagi uchrashuvda bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish va boshqa rejalari ko‘rib chiqildi. Bu bank O‘zbekistonga qarz bergan eng yirik kreditorlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Xitoyning CNPC korporatsiyasini yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishga jalb qilishi mumkin
24 yanvar 2024, 13:27

O‘zbekiston Xitoyning CNPC korporatsiyasini yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etishga jalb qilishi mumkin

Prezident Xitoyning CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish kabi masalalarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi
24 yanvar 2024, 09:24

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi

Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi
23 yanvar 2024, 20:52

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Ertaga, 24-yanvar kuni u mamlakat rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi.

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev
22 yanvar 2024, 17:25

“O‘zbekiston va Xitoy hamkorligi xalqaro maydondagi do‘stlikning yorqin namunasidir” — Shavkat Mirziyoyev

Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi
22 yanvar 2024, 15:22

O‘zbekiston 2023-yilda Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qildi

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Xitoyga 563,53 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilindi. Bu — 2022-yilgi ko‘rsatkich (1,07 mlrd dollar)dan salkam ikki baravar kam.

Shavkat Mirziyoyev 23−25-yanvar kunlari Xitoyda bo‘ladi
19 yanvar 2024, 09:50

Shavkat Mirziyoyev 23−25-yanvar kunlari Xitoyda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23−25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. U yerda oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ladi.

Xitoy aholisi ketma-ket ikkinchi yil qisqarishda davom etmoqda
17 yanvar 2024, 21:17

Xitoy aholisi ketma-ket ikkinchi yil qisqarishda davom etmoqda

Xitoy aholisi COVID-19 sababli ortgan o‘lim darajasi va past tug‘ilish ko‘rsatkichi fonida ketma-ket ikkinchi yil qisqarmoqda. Rasmiylar bu kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishidan xavfsiramoqda, ammo hozircha yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli mablag‘ yo‘q.

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida
15 yanvar 2024, 12:56

“Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida

Tayvanda o‘tgan prezidentlik saylovida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi. O‘zbekiston TIV jarayonga munosabat bildirib, mamlakat “Yagona Xitoy” tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston import elektrotexnikalar sertifikatlarini qayta tekshiradi
12 yanvar 2024, 01:26

O‘zbekiston import elektrotexnikalar sertifikatlarini qayta tekshiradi

O‘zbekiston hukumati 2021−2022-yillarda qo‘shni mamlakatdan import qilingan “shubhali” elektrotexnika mahsulotlarining CT-1 sertifikatlarini qayta tekshiradi.

O‘zbekiston noyabrda Xitoyga gaz eksportini oshirdi
24 dekabr 2023, 12:19

O‘zbekiston noyabrda Xitoyga gaz eksportini oshirdi

Noyabr oyida O‘zbekiston Xitoyga gaz eksportini oshirib, 54,59 mln dollarlik gaz sotdi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon eksport hajmi 509,03 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan ikki baravar kam.

Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi
19 dekabr 2023, 12:02

Xitoydagi kuchli zilzila oqibatida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

Seshanbaga o‘tar kechasi Xitoyning shimoli-g‘arbiy qismida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida hozircha 118 kishi halok bo‘lgani, 500 nafardan ortiq kishi jarohatlangani aytilmoqda. Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi
24 noyabr 2023, 09:54

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.

Pekinda Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti bo‘ldi
22 noyabr 2023, 21:07

Pekinda Xitoy va O‘zbekiston TIV rahbarlarining birinchi strategik muloqoti bo‘ldi

O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov hamda Van I Pekinda ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining birinchi strategik muloqotini o‘tkazdi. Unda siyosiy va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi
17 noyabr 2023, 20:37

O‘zbekiston TIV rahbari strategik muloqotda ishtirok etish uchun Xitoyga tashrif buyuradi

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari
17 noyabr 2023, 11:46

Xitoy va AQSh rahbarlarining bir yil ichidagi dastlabki uchrashuvi tafsilotlari

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.

O‘zbekiston va Xitoyning CNNC kompaniyasi uran qazib olishda hamkorlik qilmoqchi
7 noyabr 2023, 14:39

O‘zbekiston va Xitoyning CNNC kompaniyasi uran qazib olishda hamkorlik qilmoqchi

“Navoiyuran” va Xitoyning China National Nuclear Corporation uran sanoati sohasida strategik hamkorlik memorandumini imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting