Birinchi navbatda nafaqat taʼlim olish, balki amaliy ko‘nikmalarni orttirish va shaxsiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash uchun
ustoz tanlash muhim. Bu professional o‘sish uchun juda katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, o‘zingizga qiziqarli bo‘lgan yo‘nalishlarni chuqur o‘rganish uchun
diqqatni jamlay olish kerak
. Kitob va adabiyot o‘qish fikrlashni samarali ravishda rivojlantiradi va kerakli ko‘nikmalarni egallash imkoniyatini beradi. Internet mavjudligi esa har bir kishiga turli xil maʼlumotlarni olishga keng imkoniyatlar ochadi.
Yangi avlod uchun quyidagi hislatlar muhim:
- Tahlil qilish qobiliyati;
- Yetakchilik qobiliyati;
- Soft-skill‘larni rivojlantirish — bugungi kunda ular eng asosiy ko‘nikmalardan biri. Ularga kommunikatsiya, tanqidiy fikrlash, muammolarga yechim topish, kreativlik, jamoada ishlash, muzokaralarni olib borish sanʼati, o‘z hayotini tashkillashtira olish, taym-menejment, mojarolarni hal qilish, masʼuliyatlilik va etiket kabi ko‘nikmalar kiradi.
Aziz bitiruvchilar!
Oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishdan hech qachon qo‘rqmaslik kerak. Har bir o‘tilgan to‘siq — bu siz orttirgan noyob hayotiy tajriba.
Esingizda tuting, taʼlim olish — bu o‘zingizga kiritadigan eng muhim investitsiyangizdir. Katta hajmdagi ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda, bugun har bir kishi Vazir bo‘lish imkoniyatiga ega. O‘zingizni rivojlantirishdan to‘xtamang.
Materialga izohlar