Ko‘kalamzorlashtirish muammosi va yashil hududlarning yetishmasligi poytaxt va viloyatlar aholisining so‘nggi yillardagi asosiy dardiga aylandi. Faollar va OAV sharofati bilan bu mavzuda balandroq ovozda gapirila boshlandi. 2019 yil oxirida qimmatbaho daraxt turlarini kesishga qo‘yilgan moratoriy mustaqil O‘zbekiston florasini himoya qilish borasida birinchi bo‘lmasa ham, har holda eng jiddiy chora bo‘ldi. Ammo amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, zanjirli arralar shovqinini to‘xtatish oson emas ekan.
Iyun oyida moratoriy paytida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 182 mingdan ziyod daraxtni kesish to‘g‘risidagi arizani
rad etgani xabar qilindi. Hammasi bo‘lib, 260 ming o‘simlikni kesish uchun so‘rovlar kelib tushgan. Demak, biz shunda ham 78 mingga yaqin daraxtni yo‘qotdik. Qanchasi o‘simlik kasalliklari tufayli va qanchasi “kompensatsiya” sharti bilan qurilishlar uchun kesilib ketdi – bizga aytilmadi.
Ayni paytda poytaxt va boshqa shaharlarda bog‘larning o‘tkir tanqisligi kuzatilmoqda. Ehtimol hozircha mamlakatning voyaga yetgan aholisi o‘z qadrdon tuproqlarini bir vaqtlar yashil bo‘lgan deb yodga olayotgandir, ammo yangi avlod uchun chang va g‘ayritabiiy issiqlik, ulardan faqat konditsionerli xonalarga qochish mumkin, yangi voqelikka va o‘ziga xos meʼyorga aylanishi mumkin.
Materialga izohlar