30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. “Gazeta.uz” so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda “Gazeta.uz” Kinofotofonohujjatlar davlat arxividan olingan Islom Karimovning 19 ta fotosuratlarini eʼlon qilgan edi.
Fotosuratlarning tavsifini o‘qish uchun ularning ustiga bosing.
Islom Karimov va uning shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev. Surxondaryo, 2011-yil
Prezident Islom Karimov bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bilan
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari Islom Karimov hamda Gurbanguli Berdimuxamedov. Turkmanistonga tashrif, 2011-yil 19-20-oktabr
Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev bilan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston davlat rahbari Islom Karimov Rossiya Federatsiyasiga tashrif chog‘ida, 2016-yil 25-26-aprel
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi. 2010-yil 27-sentabr, Mustaqillik maydoni, Toshkent
Islom Karimov AQSHga ishchi tashrif chog‘ida prezident Bill Klinton bilan. 1996-yil 25-28-iyun, Vashington
Islom Karimov AQSH prezidenti Jorj Bush bilan
Islom Karimov Hindiston bosh vaziri Pamulaparti Venkata Naramsixa Rao bilan ushbu mamlakatga birinchi davlat tashrifi chog‘ida, 1991-yil
Islom Karimov Yaponiyaga tashrifi chog‘ida imperator Akixito bilan, shuningdek O‘zbekiston davlat rahbarining turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova imperator turmush o‘rtog‘i Mitiko bilan. 2002-yil 28-31-iyul, Tokio
Islom Karimov va Xitoy prezidenti Si Szinpin O‘zbekistonga tashrif chog‘ida
Islom Karimov Germaniya federal kansleri Angela Merkel bilan BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik taraqqiyot maqsadlariga bag‘ishlangan Plenar yig‘ilish doirasida suhbatlashmoqda. 2010-yil 21-sentabr, Nyu-York
Islom Karimov va Fransiya prezidenti Jak Shirak Fransiyaga davlat tashrifi chog‘ida. 1996-yil 21-24-aprel
Islom Karimov va Italiya prezidenti Jorjo Napolitano
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va uning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova Rim Papasi Ioann Pavel II bilan Italiyaga davlat tashrifi chog‘ida. 2000-yil 21-noyabr, Vatikan
Ispaniya qiroli Xuan Karlos I, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va uning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova, shuningdek, Ispaniya qirolichasi Sofiya Grecheskaya Ispaniyaga davlat tashrifi chog‘ida. 2003-yil 27-29-yanvar
Islom Karimov AQSHga rasmiy tashrif chog‘ida dunyo xaritasida O‘zbekiston joylashuvini ko‘rsatmoqda. 1996-yil 23-28-iyun
Islom Karimov Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan O‘zbekistonga tashrif chog‘ida, 2015-yil 6-iyul
реклама
реклама
Islom Karimov «O‘zbekiston prezidenti kubogi» Xalqaro tennis turniri g‘olibi rossiyalik Yevgeniy Kafelnikovni shaxsan tabriklamoqda. Toshkent, 2002-yil
Fotosuratlar muallifi: Farhod Qurbonboyev. “Gazeta.uz” internet-nashri saytida eʼlon qilingan materiallardan foydalanish shartlari bilan quyidagi havolada tanishish mumkin.
Qiziqarli narsalarni bilasizmi, u haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.
Materialga izohlar