O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki yillarida “O‘zbekkosmos” agentligi tashkil etildi. Kamol Mo‘minov agentlik faoliyatining 10 yilida mamlakatda kosmik sohani rivojlantirishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilganini taʼkidlaydi. Xorijiy davlatlarning milliy kosmik tashkilotlari, xususan, BMTning Kosmik Fazo bo‘yicha boshqarmasi (UNOOSA) bilan aloqalar o‘rnatilgan.
2002-yilda “O‘zbekkosmos”
tugatildi. Fanlar akademiyasining Kosmik tadqiqotlar markazi tashkil etilib, unga ikkita korxona biriktirildi, qolganlari esa turli vazirlik va idoralarga o‘tkazildi.
2019-yil avgust oyida prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan «O‘zbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida»gi
farmonga ko‘ra “O‘zbekkosmos” agentligi qayta tashkil etildi. Agentlikning vazifalari qatorida Yerni masofadan turib zondlash tizimini ishlab chiqish, sunʼiy yo‘ldosh aloqa tarmog‘ini yaratish, sunʼiy yo‘ldosh navigatsiya tizimlaridan foydalanish va boshqalar bor.
Bu vazifalarning amalga oshirilishi zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish, ilm-fanni rivojlantirish, texnologik mustaqillikni, mamlakatning kosmik tadqiqotlar sohasida axborot xavfsizligini taʼminlash va O‘zbekistonning xalqaro nufuzi darajasini oshirish imkonini beradi.
Materialga izohlar