Men, o‘g‘lingiz bo‘lmish Bahron Rofiyevdan, siz mehribon do‘stlarimga sog‘liq salom.
Aziz do‘stlarim. Men sog‘man, dimog‘im chog‘, vaqtim xush, faqatgina sizlarni tushimda ko‘rib, xafa bo‘laman. Men sizlardan xat olayobman, lekin oz. Sizning ahvollaringni eshitib, o‘zimga-o‘zim xafa bo‘laman: bir yoqdan akamni kasallariga va to‘tumni ahvollariga. Sizlarni judayam sog‘indim. Men sizlarga yana rasm yubordim, avvalgi xatda ham rasm yuborgan edim, yana bu xat bilan ham 3 dona rasmimni yubordim. Bir donasi Biyijonimga, ikkinchisi Akajonimga, uchinchisi Malohatxon ukajonimga.
Malohat ukajon, men sendan juda xursandman, chunki meni faqat sendan boshqa hech kim yo‘qlamaydi. Akamdan ham gina qilmayman, chunki u kishini kasallari bor. Xayr Akajon, xafa bo‘lmang, bu kunlar ham o‘tar, ko‘rmagandek bo‘lamiz. Biyijonimdan ham xafa emasman, chunki Biyijonimni xatu-savodlari yo‘q. Shuning uchun Biyijonimni tillaridan ukamlar yozadi. Men faqat sizlarni ko‘z oldimga ko‘rub turaman, faqatgina qanotim yo‘q uchishga, yig‘majild yo‘q borishga.
Aziz do‘stlarim, ko‘pi o‘tdi, ozi qoldi, tez kunda dushmanni tor-mor etib, uyga qaytish kuniga oz qoldi, agarda (o‘lmasak).
Biyijon mana shu bilan to‘rtinchi rasmimni yubordim, shu rasm borgandan keyin tezlik bilan javobini yozib yuboringlar. Nima yangiliklardan bo‘lsa, xatga yozinglar.
Men Abdullayevga 3–4 ta xat yozdim, menga bir dona ham javob yozmadilar, sababi nima. Ko‘rsangiz “Bahrondan sizga salom” deb, nima uchun xat yozmadinglar deb aniqlab so‘rang. Men hurmatlab xat yozdim, ular meni xatimni olgan-olmaganini bilmadim...
Mehribon Biyijon, mendan Burxonjonga salom ayting. Men uning xatini 2-sentabrda oldim, o‘qib ozroq xafa bo‘ldim, chunki amakimdan 1 yildan beri xat yo‘q ekan. Xayr mayli, Yangamullomga salom, ukalarimga salom va jami bog‘dagilarga bir-bir salom.
Biyijon men shu xatim bilan 3 dona rasm bilan sizga yordam uchun spravka olib yubordim, olgan zahoti javobini menga tezlik bilan yetkazinglar. Xolboyni, Abdug‘anini adreslarini oldim, bularga ham xat yozdim. Mendan salomlar ayting <...>
Men hozir Polsha shahrida turibman, bu rasmlar Polshadan esdalik bo‘ladi. Men rasmlarni orqasiga oshibka qilib qo‘ydim, o‘chirilgan 2 donasi. Xayr mehribon do‘stlarim, bu rasmni olib, rasm bilan gaplashib so‘rang Bahronni avholi qanday deb, men uchun rasmimdan so‘ranglar.
Xayr, nima yozganimni bilmayman, minglab yozsam ham, vsyo ravno vas ni viju (baribira sizlarni ko‘rmayman).
Privet iz Polshi, pishet vash sin Baris R.M. Javob kutaman. 3-sentabr 1944-yil.
Materialga izohlar