Mustaqillik yillarida Toshkent aholisi ikki baravarga ko‘paydi, lekin poytaxtda nafaqat jamoat plyajlari ko‘paymadi, balki ular butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. So‘nggi yillardagi shahar bog‘larini tadbirkorlar ixtiyoriga o‘tkazish tendensiyasi shahar va tuman hokimiyatlarining uzoqni o‘ylamasligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Tez foyda olish uchun uzoq muddatli foydani — aholi salomatligini, demak, odamlarga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiyotning sog‘lig‘ini eʼtiborsiz qoldiramiz.
Iqtisodchi, Garvard universiteti doktoranti va tadqiqotchisi Botir Qobilov o‘zining “Bog‘larni aholiga qaytaring”
maqolasida Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida shahar bog‘lari va ko‘llarining tezlik bilan yo‘qolib borayotgani haqida yozgandi. Shahar bog‘lari va suv havzalariga kirishning notengligi yoki butunlay yo‘qligi aholining jismoniy va ruhiy salomatligi hamda mehnat qobiliyatiga salbiy taʼsir qiladi, shu bilan birga, ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikni
kuchaytiradi.
Materialga izohlar