Mamlakatimizning sayyohlik salohiyati juda katta, lekin u hatto diqqatga sazovor bo‘lgan asosiy shaharlarda ham to‘liq yuzaga chiqarilmagan. Haqiqiy O‘zbekistonga qiziqsangiz, har doimgi yo‘llardan chiqib ketish kerak.
Bugungi kunda O‘zbekistonda guruh va individual yo‘nalishlarni taklif qiluvchi ko‘plab gid va jamoalar mavjud: “
Таинственный Узбекистан” (“Sirli O‘zbekiston”), “Вместе.uz. Туризм”, “
Удивительное вместе”. Faol hududiy guruhlar ham mavjud, masalan, “
Ферганская долина-Путешествия” (“Farg‘ona vodiysi-Sayohat”). Qoraqalpog‘istonda Orol dengizining sobiq tubi bo‘ylab jip-turlar mashhur. Mavzuli mikrosayohatlar (masalan,
etno-foto-avto-master-klasslar) va keng miqyosli anʼanaviy avtopoygalar, jumladan Mo‘ynoq rallisi, davriy
Toshkent-Orol poygalari yoki Discover Rally Tour loyihasi doirasidagi
avtokvestlar seriyasi mavjud.
Telegram‘da 96 mingdan ortiq obunachi,
Instagram‘da 539 ming folloverning sevimli “Open Uzbekistan” maxsus loyihasi mustaqil sayohatlar uchun qiziqarli joylar haqida hikoya qiladi.
Bir necha yillardan buyon “
Узбекистан вдоль и поперёк” (“O‘zbekiston eniga va bo‘yiga” – tarj.) avtoekspeditsiyam rejasini tuzib kelyapman: reja bo‘yicha butun mamlakatni qamrab olishi kerak bo‘lgan maʼlumotlarni misqollab yig‘ib, sayohat yo‘nalishini to‘ldirmoqdaman.
Materialga izohlar