Blits
— Siz uchun erta turish qiyinmi?
— Ha, buni yomon ko‘raman, lekin qilishim kerak.
— Siz uchun erta – soat nechada?
— Soat 07:00 da. Soat 09:30da ishlashim, musiqa yozishim kerak, aks holda men uchun kun yo‘qoladi.
— Sizni nima tushkunlikka tushirishi mumkin?
— Konsertda eshitilgan zaif, yomon yozilgan musiqa.
— Besh yildan keyin o‘zingizni qayerda ko‘rasiz?
— O‘ylaymanki, ehtimol, O‘zbekistonda, Vatan, ildizlarimiz baribir ortga chaqirayotgandek. Shu bilan birga, Yevropada bastakor sifatida ishlashda davom etaman.
— O‘zbekistonni tark etishda o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishdingizmi?
— Ha. Men oilaviy bastakorlik sulolasini davom ettirishga qaror qilgandim va bunga erishdim.
— Oltin baliqcha tutib olsangiz, O‘zbekiston uchun undan nima so‘ragan bo‘lardingiz?
— Shunday quvnoq, birdam va serquyosh davlat bo‘lib qolishini.
Materialga izohlar