“Uralda, Sibirda, tog‘larda uchishadi. Ammo ularda sharoitlar juda og‘ir, chunki u yerlar sovuq, harorat o‘zgarishi katta, kuchli shamol esadi. Ularga nisbatan bizning sharoitlar ancha yumshoq. Bu yerda qulay va xavfsiz”.
Vyacheslav uchun eng esda qolarli parvozlardan biri 2012-yilda Nepalda o‘tkazilgan musobaqa bo‘ldi. O‘shanda u o‘rtog‘i Rustem Jamilev bilan birgalikda uchdi. 500-600 metr balandlikda bulutlar uzra parvoz qildi. Hammasi juda chiroyli, ammo xavfli va shuning uchun esda qolarli edi. Vyacheslav Chesenko uchun ushbu parvoz davomiyligi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich bo‘ldi: besh soatdan ko‘proq vaqt ichida u sherigi bilan 100 km dan ortiq masofani bosib o‘tdi.
“300 nafar uchuvchi orasida biz ikkinchi o‘rinni egalladik. Birinchi o‘rinni ham olgan bo‘lardik, lekin odatda tadbirni o‘tkazgan davlat sovrinli o‘rinni egallaydi”, — deya xulosa qiladi u.
O‘zbekistonda musobaqalar bir yo‘nalish bo‘yicha – qo‘nishning aniqligi bo‘yicha o‘tkaziladi, deydi Vyacheslav Chesenko. TrebisovSKY Paragliding Accuracy Cup bunday musobaqalarda bir necha bor o‘zini ko‘rsatgan
marhum Kostyaga bag‘ishlangan.
Materialga izohlar