O‘zbekistondagi maktab kutubxonalari raqamlarda
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Xalqaro kutubxona uyushmalari va muassasalari federatsiyasi har bir o‘quvchiga 7-8 nusxadan kitob ajratishni tavsiya qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich, darsliklarni hisobga olmaganda, har bir bolaga atigi 1,5 tadanni tashkil etadi.
«Joriy yilda 86 nomdagi rus mumtoz asarlari o‘zbek tilida chop etib, maktablarga 10 000 dona tarqatdik. Biz yetkazib berayotgan kitoblar umumiy sonining 20-30 foizi maktab o‘quvchilarini qiziqtiradi. Adabiyotlarning asosiy qismi orasida maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli kitoblar yo‘q. Ko‘pincha ular javonlarda yangi kitoblarni ko‘rishni xohlashadi, kutubxona fondidagi kitoblarni emas. Shu bois yil davomida barcha maktablarga yetkazib beriladigan 300 nomdagi kitobdan iborat yangilangan ro‘yxatni tuzishni rejalashtirganmiz. Istalgan kitoblar orasida Stiv Jobsning tarjimai holi ham, Jorj Oruellning “1984” asari ham, “Potteriana” ham bor».
«Gazeta.uz» poytaxtdagi uchta maktab va Toshkent viloyatidagi bitta taʼlim muassasasi kutubxonachilari bilan suhbatlashib, ularning faoliyati hamda maktab kutubxonalarining vazifalari haqida so‘radi.
Fotohikoya mualliflari o‘zlarining ishlariga havolalarni photo@gazeta.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin. Xatga syujetlar tavsifi, joyi, sanasi, muallifning to‘liq ismi va bog‘lanish uchun telefon raqamlarini kiritishni iltimos qilamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting
Materialga izohlar