«Non yopishni turmush qurganimdan keyin boshlaganman. Lekin o‘z ishimni yaxshi ko‘raman, shuning uchun qiyinchiliklarni unchalik ham his qilavermayman. Non yopishda o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bor: kam uyqu, kuyish bor, yozda issiq, xamiri yomon bo‘lib qolishi mumkin», — deydi Manzura.
Turmush o‘rtog‘iga erining singlisi yordam beradi — o‘zlari ulgurishmaydi. Oilaviy tadbirkorlikda Manzuraning o‘g‘li ham ishtirok etadi. U dam olish kunlari va maktabdan keyin non sotadi. Bola maktabda bo‘lganida Hamroyevlar oilasi sotuvchi yollaydi.
Oila har kuni 200 dan ortiq non yopadi. Kuniga o‘rtacha 400 ming so‘m daromad oladi. Oyiga esa 12 million so‘m ishlab topadi.
Deyarli barcha novvoylar zaxiraga bir oz pul orttirish mumkinligini aytishdi, lekin har doim ham emas.
«Har xil oilalar bor. Kimningdir puli o‘zini boqishga yetadi, kimdir novvoylikning ortidan mashina ham olyapti», — deydi Ibrohim aka.
Ko‘pchilik yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, bozorda ijaraga joy olgan holda o‘zi uchun ishlab turibdi. Soliqlardan faqat YATT uchun ko‘zda tutilganlari to‘lanadi. 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvargacha respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi BHMning 50 foizi miqdorida
belgilandi. Bundan tashqari, ishlatilgan gaz uchun ham to‘lovlar mavjud.
Materialga izohlar