«Gazeta.uz» tahririyati «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasi doirasida xorijda tahsil olayotgan yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, chet elda ishlayotgan hamyurtlarimiz bilan suhbatlarni eʼlon qilib boradi. Biz vatandan uzoqdagi hayot, xorijiy taʼlimni tanlash sabablari va qahramonlar duch kelgan sinovlar haqida suhbatlashamiz.
O‘zbekiston uchun Xan akademiyasi «Khan Academy» platformasidan o‘quv videodarslarini o‘zbek tiliga tarjima qilish loyihasi birinchilardan bo‘ldi. Dastlab Botir Arifjonov va uning rafiqasi Nigora uni O‘zbekistonda joriy etishni o‘z zimmalariga olishdi. Ularning o‘z mablag‘laridan yetti ming dollar sarmoya kiritishganini bildim. Ularning ishidan ilhomlanib, loyihaga qo‘shilishga qaror qildim. Men internet orqali ixtiyoriy mablag‘ yig‘ish aksiyasini tashkil qildim, Londondagi jamoam yordamida barcha kerakli hujjatlarni to‘ldirdim va grantga hujjat topshirdim. Birinchi davrada biz 102 ming yevro yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik. Vaqt o‘tishi bilan men loyihani tark etdim, chunki u oyoqqa turdi. Tayyorlagan qog‘ozlarimiz keyingi bosqichda qo‘l keldi. Loyihaning o‘zi 450 ming dollar yig‘di. Akademiya asoschisi Salmon Xonning aytishicha, bu u ko‘rgan eng tez va sifatli mahalliylashtirish bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 750 ming bola ushbu platformada taʼlim olmoqda. |
Qiziqarli narsalarni bilasizmi? U haqida boshqalarga aytib bermoqchimisiz? O‘z hikoyangizni sp@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting
Materialga izohlar