Ilmiy ish shunday bo‘lishi kerakki, unda aniq bir muammoga yoki muammoning bir qismiga yechim topilishi lozim. Muammo deganda odam matnni o‘qiyotganda uning miyasida qanday jarayonlar kechadi, miya qanday “yumushlar”ni bajargach odam o‘qigan, eshitgan narsasini tushunadi kabi holatlarni aniqlashni ham nazarda tutmoqdaman. Helsinki deklaratsiyasida shunday jumlalarni uchratgan edim, «tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqot biror kasallikning paydo bo‘lish sabablari, rivojlanish imkoniyatlari hamda oqibatlarini tushunishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. Maʼlumotlarning barchasi o‘sha kasallikdan saqlanish va davolash ishlariga ko‘mak berishi
shart». Demak har bir ilmiy ish oxirida insoniyat uchun qandaydir foyda bo‘lishi lozim.
Materialga izohlar