Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘rgazma doirasida “Askar maktublari” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Kitobga o‘zbekistonlik askarlarning Ikkinchi Jahon urushi frontlaridan yuborgan, shuningdek, jangchilarning oila a’zolari tomonidan frontga yuborilgan 150 ga yaqin xat jamlangan. Kitobda ayrimlari arab imlosida yozilgan xatlarning original ko‘rinishi, shuningdek, ularning hozirgi zamon o‘zbek va rus tillaridagi talqinlari keltirilgan. Kitobning elektron shaklini G‘alaba bog‘i saytidan
yuklab olish mumkin.
“Askar maktublari” kitobi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda 1941–1945-yillarga oid 5000 dan ortiq xatni saqlab kelayotgan “O‘zarxiv” agentligi tomonidan chop etilgan. Arxiv matbuot xizmati rahbari Anvar Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, saqlanayotgan materiallar hajmi bir necha tom kitob chiqarish imkonini beradi.
Materialga izohlar