Siyosat

dayjest

O‘zbekiston TIV rahbari Rossiya bilan munosabatlarda bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik muhimligini ta’kidladi

O‘zaro ishonchni mustahkamlash yo‘lida davlatlar bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilish muhim, dedi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuv yakunida.


dayjest

“Toshshaharnur"ning sobiq rahbari yana lavozimiga qaytdi

Umidbek Rajabov 2023-yilda “Toshshaharnur” DUK rahbari lavozimidan ozod etilgandi. 8 oydan so‘ng u yana o‘sha ishga qaytib, rahbar vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


dayjest

O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati — Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Avvalgi kunlarda Burundi, Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan ham bu borada hujjatlar imzolangandi.


dayjest

O‘zbekiston Liberiya va Togo mamlakatlari bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston G‘arbiy Afrikaning ikki mamlakati — Liberiya hamda Togo Respublikasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi.


dayjest

Senatning navbatdagi majlisi 30-sentabr kuni chaqiriladi

Senatning 58-yalpi majlisi dushanba kuni chaqiriladi. Unda qishloq xo‘jaligi kooperativi, temiryo‘l transporti, xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qilish kabi qonunlar muhokama qilinadi.


dayjest

O‘zbekiston va BAA mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Prezident BAA mudofaa vaziri bilan uchrashuvda iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni ilgari surish, mudofaa sohasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, strategik tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish masalalarini muhokama qildi.


Iqtisodiyot

dayjest

Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi

Xivada temiryo‘l vokzali yonidan uzunligi 450 metr bo‘lgan yerosti yo‘l o‘tkazgichi quriladi. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunovning aytishicha, loyiha shaharni shimoliy va janubiy qismlarga ajratib qo‘ygan alleyaning noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan.


dayjest

O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan to‘liq voz kechish 2028-yilga qoldirildi

O‘zbekistonda Ai-80 benzinidan foydalanishni taqiqlash 2028-yildan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Avvalroq 2025-yildan boshlab ushbu markadagi yonilg‘idan voz kechilishi xabar qilingan edi.


dayjest

Elektr energiyasi, ko‘mir va dizel ishlab chiqarish o‘smoqda, gaz va neft qazib olish qisqarishda davom etmoqda

O‘zbekistonda gaz qazib olish pasayishda davom etdi va 3,78 mlrd kub metrga (bir yilda -3,6%), neftniki — 60,3 ming tonnaga (-6,2%) yetdi. Quyosh va shamol stansiyalari hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish oshdi — 54,4 mlrd kVt/s (+4,1%). Ko‘mir qazib olish yana rekordni yangiladi.


dayjest

Qirg‘izistonda O‘zbekiston sementi importiga taqiq bo‘yicha bahs yuz berdi

Qirg‘iziston parlamenti deputati mahalliy mahsulotlardan arzon bo‘lgan O‘zbekiston sementi importiga taqiqni olib tashlashni talab qildi. Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar narxlar dempingiga yo‘l qo‘yganini aytdi va import mahalliy zavodlarni vayron qilishini ta’kidladi.


Jamiyat

dayjest

Kamola Maxmudova vafot etdi. U xorijda yashab, O‘zbekistonda ko‘plab xayriya loyihalarini amalga oshirgan

Londonda YeTTBning Ozarbayjondagi vakolatxonasini boshqargan va o‘z vatanida ko‘plab ijtimoiy loyihalarni amalga oshirgan o‘zbekistonlik Kamola Maxmudova vafot etdi. “Gazeta.uz” 2022-yilda undan intervyu olgandi.


dayjest

Toshkent viloyatida 2 ta qo‘shni hovli yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 7 ta texnika jalb etildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bir-biriga tutash ikkita hovli uy yonib ketdi. Yong‘inni o‘chirishga 4 ta ekipaj va 3 ta suv tashuvchi transport jalb etildi. Jarohatlanganlar yo‘q, hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.


dayjest

Dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi

Dam olish kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +7…+12, kunduzi 22…+29 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.


dayjest

Basketbol federatsiyasi mas’ullari salkam 500 mln so‘mni talon-toroj qildi

Bosh prokuratura Basketbol federatsiyasida 489 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganini aniqladi. Tashkilot ijrochi direktori, ishlar boshqaruvchisi va birinchi vitse-prezidenti jazoga tortildi. Avvalroq Suzish federatsiyasida ham o‘g‘riliklar haqida xabar berilgan edi.


dayjest

Surxondaryoda Lacetti gaz quvuriga urilishi sabab 915 ta xonadon gaz ta’minotidan vaqtincha uzilib qoldi

Muzrabot tumanida Lacetti haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetiga chiqib ketgan va gaz quvuriga kelib urilgan. Oqibatda gaz sizib chiqqan va 915 ta xonadon ta’minotdan vaqtincha uzib qo‘yilgan. Voqeadan bir kun o‘tib gaz yetkazib berish bosqichma-bosqich tiklangan.


dayjest

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (28−29-sentabr)

Yettita film premyerasi, Lola konserti, festivallar, teatr tomoshalari, ijodiy mahorat darslari, ko‘rgazmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.


dayjest

Jizzaxda Yandex Go xizmati ishga tushdi

Jizzax shahrida Yandex Go xizmati ish boshladi. Dastlabki bosqichda safarning minimal narxi 2500 so‘mdan boshlanadi.


dayjest

Qashqadaryoda Lacetti va Nexia to‘qnashuvida 4 kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoning Ko‘kdala tumanida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi, yana 4 nafari shifoxonaga yotqizildi.


Madaniyat

dayjest

Britaniya muzeyida O‘zbekiston va boshqa davlatlar eksponatlaridan iborat Silk Roads ko‘rgazmasi ochildi

Britaniya muzeyida dunyoning 29 ta kolleksiyasidan 300 dan ortiq eksponatlar, jumladan, O‘zbekistondan 14 ta buyum namoyish etiladigan Silk Roads ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya Ipak yo‘li bo‘ylab milodiy 500−1000-yillardagi madaniy aloqalar yoritilgan. Ko‘rgazma 2025-yil 23-fevralgacha davom etadi.


Jahon

dayjest

Dunyodagi har uchinchi bola uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekmoqda — tadqiqot

Uzoqni ko‘ra olmaydigan bolalar va o‘smirlarning ulushi 30 yil ichida sezilarli oshdi. Xitoy olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda har uchinchi bola undan aziyat chekmoqda. Ularning prognoziga ko‘ra, 2050-yilga borib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida miopiya bilan kasallanish 740 milliondan oshadi.


dayjest

Yaponiyaning hukmron partiyasi rahbari etib Shigeru Ishiba saylandi. U mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi

Yaponiya sobiq mudofaa vaziri Shigeru Ishiba hukmron Liberal-demokratik partiyaning rahbari etib saylandi va mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘ladi. 67 yoshli siyosatchi ko‘pincha bir partiyalilar uchun bahsli bo‘lgan liberal qarashlari bilan tanilgan va jamoatchilik orasida mashhur.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!