2013-yilning iyunida Marokashning Marrakesh shahrida Ko‘zi ojiz yoki boshqa nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun nashr etilgan asarlardan foydalanishni osonlantirish bo‘yicha shartnoma
imzolangan. Bu shartnomaning asosiy afzalligi — ko‘zi ojiz yoki boshqa nogironligi sabab bosma nashr etilgan ma’lumotlarni qabul qilish imkoniyati cheklangan shaxslar manfaati uchun mualliflik huquqiga cheklov va istisnolar o‘rnatilgan, asarlarning nusxalaridan foydalanish mumkin bo‘lgan formatda tayyorlash, ko‘paytirish, tarqatishga ruxsat berilgan.
Ya’ni, “Kitob Plyus” aniq maqsadli auditoriya — faqat ko‘zi ojiz foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangani bois, mualliflik huquqi muammosidan xavotirlanmay, unga istalgan kitobning audio ko‘rinishini yuklash mumkin.
“Shuning uchun ham "Kitob Plyus" O‘zbekistondagi salkam 80 ming ko‘zi ojiz uchun eng kerakli loyihalardan biri.
Ijtimoiy mas’uliyatni zimmasiga olishga tayyor biznes vakillari zora bizni eshitib qolsa, balki, yordam berish istagi paydo bo‘lar, deb bu haqda ko‘p joyda gapirishga harakat qilyapmiz”, — deydi u.
Materialga izohlar