Ziyorat, zavodlar va sirli toshlar. G‘allaorol shahri aholisining hikoyalari
O‘zbekistonning eng qadimiy qishloqlaridan birining tarixi — “Uzum Market” bilan maxsus loyihada.
“Uzum Market” va “Afisha Media” maxsus loyihasida so‘z yuritiladigan navbatdagi shahar — G‘allaorol shahri. Shahar Jizzaxdan 40 daqiqalik masofada joylashgan. Bu yerga butun mamlakatdan ziyoratchilar kelishadi, G‘allaorolda Sa’d ibn Abu Vaqqosning muqaddas bulog‘i joylashgan. G‘allaorol 1973-yilda qishloqdan shaharga aylantirildi. XX asrda bu yerda misli ko‘rilmagan miqdorda volfram, granit, ohaktosh, oxra, kvars va dala shpati qazib olingan.

Shaharning o‘zida 50 mingga yaqin aholi yashaydi. Nanaydagi kabi aholi ko‘pincha chorvachilik bilan shug‘ullanadi, yoshlar esa Olmaliq yoki Zarafshonga oltin, ruda, metall qazib olib, ota-bobolari ishiga hurmat bajo keltiradilar. Qolgan mehnatga layoqatli aholi Toshkent va Samarqandga yoki Rossiyaga jo‘nab ketadi.

2026-yilda shaharning 100-yilligi munosabati bilan G‘allaorol tarixiga bag‘ishlangan kitob nashr etiladi — u beshta mahalliy oqsoqollar sa’y-harakatlari bilan tuzilmoqda. Hokimlik vakillarining aytishicha, unda shaharning tarixi haqidagi hikoya, iqtisodiy ma’lumotlar va xalq og‘zaki ijodi bo‘yicha qaydlar ham o‘rin oladi. Ha, bu yerda ham afsona va rivoyatlar yetarlicha.
Sa’d ibn Abu Vaqqos ziyoratgohi— G‘allaorol tumanidagi muqaddas buloq. Yoz va bahorning iliq kunlarida bu joy ichki turizmni o‘ziga jalb qilish markazidir. Bu joyni xalq aynan ana shunday — «Turizm» deb ataydi.
“Afrosiyob” tezyurar poyezdi belgilangan jadval bo‘yicha Toshkentdan Jizzax temir yo‘l bekatiga bir soat-u o‘n daqiqada yetib boradi. Shahar sizni sovuq ob-havo bilan qarshi oladi. Jamoani G‘allaorolga olib ketayotgan taksi haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, bir kun oldin Jizzaxda birinchi qor yog‘gan. Manzilga yaqinlashgan sari sovuqlikka tuman ham qo‘shiladi. Garchi unchalik tabiiy bo‘lmasa-da, tuman bu yerda ko‘p uchraydigan hodisa, lekin bu haqda keyinroq gaplashamiz.
“Bu yerga juda ko‘p ziyoratchilar keladi. Bu joy Zominga o‘xshaydi, yozda ham salqin bo‘ladi. Ular oilalari bilan kelib, supalar va stollar atrofida o‘tirishadi. Palov pishirishadi, duo o‘qishadi, tilak aytishadi. Bugun bu yerda quyuq tuman, ammo tinch va hotirjam quvvat kuchini albatta his etishingiz mumkin”, — deydi G‘allaorolga olib ketayotgan hokimlik xodimi Sanjar aka.
Sa’d ibn Abu Vaqqos muqaddas bulog‘i
Payg‘ambarning 10 sahobalaridan biri bo‘lgan Sa’d ibn Abu Vaqqos 601-yilda Makkada tug‘ilgan. Afsonalarga ko‘ra, Abu Vaqqos kuchli kamonchi, shuningdek, payg‘ambarning eng ishonchli va sodiq odamlaridan biri bo‘lgan. U dinni g‘ayridinlar hududiga tarqatish uchun Movarounnahr yerlariga kirgan qo‘shin qo‘mondoni edi. Jumladan, G‘allaorol tumanidagi Avliyo ota qishlog‘i hududida yashovchi xalqlarni islom diniga jalb qilgan. Uning ishtirokida bo‘lgan janglardan birining o‘rnida bir vaqtlar butun mamlakatdan keladigan bir buloq ochildi.
G‘allaorol tumanidagi ikkinchi manzilimiz shahar tipidagi Qo‘ytosh qishlog‘i bo‘ldi. Atrof-muhit tufayli bu joy diqqatga sazovordir — u kelib chiqishi noma’lum toshlar bilan qoplangan tepaliklar kotlovaniga o‘xshaydi. Qo‘ytosh raisi Rifat Batirev toshlar haqidagi chiroyli afsonani aytib berdi:
Qo‘ytosh 1941-yildan 1990-yilgacha bo‘lgan davrda bu yerda rekordli hajmda volfram qazib olingani bilan mashhur. Bugungi kunda chorvachilik iqtisodiyotning asosiy rivojlantiruvchi kuchi bo‘lib qoldi.
“Ota-bobolarimizdan og‘izdan og‘izga bir rivoyat o‘tib keladi: bir cho‘pon yashagan, unga bir boyvachchaning qizi oshiq bo‘lib qolgan. Qiz unga turmushga chiqmoqchi bo‘ldi, ammo cho‘pon o‘ziga o‘xshagan oddiy va mehnatkash qizga uylanishini aytdi. Shunda boyvachchaning qizi darg‘azab bo‘lib, cho‘ponni qo‘ylari bilan birga toshga aylantirdi. Qo‘ytosh degan joy nomi ham shundan kelib chiqqan — «qo‘y» — qo‘chqor, «tosh», tabiiyki, tosh demakdir.

Afsonalar o‘z yo‘liga, ammo bu yerda toshlarning paydo bo‘lish sababi haligacha ilmiy jihatdan tushuntirilmagan. Bular Nurota tog‘ tizmasidagi toshlardir. Tabiat mo‘jizasi, yana nima deyish mumkin. Hammasi havo ta’sirida. Yuqoriga chiqsangiz, dinozavrlarga yoki quchoqlashib turgan maymunlarga o‘xshash toshlarni ko‘rasiz.

Bu yerga bahorda keling. Hamma yoqda yashillik va gullar. Bu yerda dorivor o‘simliklar ko‘p, shuning uchun odamlar tez-tez dorixonalarga bormaydi. O‘zimizni o‘zimiz davolaymiz”.
Qo‘ytosh qishlog‘i
“Uzum savdoni, ayniqsa, kiyim-kechak sotib olishni juda o‘zgartirdi. Biz uni faqat u yerdan sotib olamiz, chunki onlayn maydonchadagi narxlar mahalliy do‘konlarga qaraganda besh baravar past. Kiyib ko‘rish bilan ham muammo yo‘q. Agar nimadir mos kelmasa, almashtirishni so‘raymiz va bir necha kun kutamiz, lekin bu qo‘rqinchli emas, eng muhimi bu foyda”, — deydi marketpleys paketini ko‘tarib chiqqan ayollardan biri.

Olis hududlarda odat bo‘lganidek, faqat uy bekalari emas, balki yoshlar ham xaridlarni faol amalga oshirmoqda. Muhammad Yusuf bunga yaqqol misol — yigit marketpleys bilan yaxshi tanish, muddatli to‘lovdan faol foydalanadi.
G‘allaorol
Shahar bo‘ylab sayr qilish davomida jamoa oqsoqollardan biri Bo‘ron aka bilan uchrashdi, u shahar haqida bir nechta qiziqarli faktlarni aytib berdi:
G‘allaorol tumani 1926-yil 5-sentyabrda tashkil etilgan. Bungacha tuman Samarqand viloyati tarkibiga kirgan va Yangiqo‘rg‘on deb nomlangan. 35 ta shaharcha va mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Yirik magistralga yaqinligi va ko‘plab ziyoratgohlar mavjudligi sababli aholi tumanni turizmni rivojlantirish markazlaridan birining kelajagiga ishonadi.
“G‘allaorol — viloyatdagi eng eski tuman. Zomin ham bor, ammo G‘allaorol tumani hudud bo‘yicha eng kattasi. Bu yerda 90-yildan ortiq vaqt oldin lalmi yerlarda g‘alla yetishtirish uchun tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot instituti bor. Sovet davrida bu yo‘nalishda yetakchi o‘rinlarni egallagan sovxozlar ko‘p edi.

Bugun bu yerda chorvadorlar ko‘p. Qoramollardan asosan qo‘y boqiladi. Ilgari barcha sovxozlarda qariyb 84 ming bosh mol bo‘lgan. Darvoqe, bir sovxoz bo‘lib, uni ruslar boshqarardi. U yerga shved sigirlarni parvarish qilish uskunalari keltirildi. Darvoqe, sut sog‘ish bilan faqat erkaklar shug‘ullangan”.
Shahar bir qavatli xususiy uylardan qurilgan. Shahar ichida bir nechta zavodlar mavjud — asfalt, vino va kaliy zavodlari. Bu yerdagi odamlar mehnatsevar, yo‘lda uchragan har bir bola esa bor ovozi bilan “Assalomu alaykum” deb salomlashadi.
Reklama huquqlari asosida.
«Atrofda tunuka tomli uylar bor. Mana shu kaliy temirni eritadi. Ertalab soat 6 da men har kuni stadionga boraman va niqob kiyishga majburman, chunki havodagi modda ko‘z-burnimga kuchli ta’sir qiladi. Tuman ta’siri ayniqsa mahalla ichida juda seziladi. Garchi bu qiyinligini tushunsam-da, masalani bir amallab hal qilishlarini istardim».
Qolganiga kelsak, G‘allaorol ahli bu yerdagi hayotdan mamnun . Gaz, elektr energiyasi va kommunikatsiyalarda muammo yo‘q, suv toza va mazali — o‘z qudug‘imizdan chiqadi.
Kaliy ishlab chiqarish zavodi
Mahalliy aholi vakillaridan biri bizga shaharda doimiy tuman bo‘lishining sababini aytib berdi — bunga sababchi yuqorida aytib o‘tilgan kaliy zavodi bo‘lib chiqdi. Bo‘ron aka aytishicha: