Uchtepa tumanida 125 yo‘nalishda harakatlanayotgan «Mercedes-Benz» avtobusi yonib ketdi. FVV yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 6 daqiqada yetib borgani va olov 4 daqiqada o‘chirilganini ma’lum qildi.
UzAuto Motors 1 fevralgacha Nexia, Spark, Cobalt va Lacetti avtomobillariga arizalar qabul qilishni to‘xtatdi. Kompaniya bu vaqt ichida avvalgi buyurtmalar yetkazib berilishini ma’lum qilib, xaridorlardan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Angren ko‘mir konida 2 ta elektrovoz to‘qnashishi natijasida 20 ta vagon ag‘darilib ketgan, shundan 14 tasida ko‘mir bo‘lgan. 2 kishi yengil tan jarohati oldi.
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi oshxonada portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi jarohatlangan.
Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev O‘zbekistondan o‘z vataniga qaytgan afg‘onistonlik qochoqlardan birortasi ham o‘ldirilgani yoki qamoqqa olinmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini majburan qaytarish rejalashtirilmagan.
Davlat statistika qo‘mitasi orginfo.uz sayti bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berar ekan, faqatgina qo‘mita nomining manba sifatida keltirilishiga e’tiroz bildirganini ma’lum qildi. «Davlat statistika qo‘mitasi Orginfo.uz va shu kabi boshqa elektron platformalarning yopilishi tarafdori emas», — deyiladi bayonotda.
Uzbekistan Airways 24 dekabrdan Toshkent — Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar haftasiga 2 marotaba amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Toshkentda o‘tkazilgan professional boks kechasida Isroil Madrimov fransiyalik raqibi Mishel Soroni texnik nokautga uchratdi, biroq hakamning harakatlari tufayli jang yakuni baxslarga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, kechada Iqboljon Xoldorov, Hasanboy Do‘smatov va Elnur Abduraimov o‘z raqiblarini nokautga uchratgan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev va Dilshodbek Ro‘zmetov ochkolar hisobiga g‘alabaga erishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasida 108 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan Odil Ahmedov futboldagi faoliyatiga yakun yasadi. «Sizlarning ko‘z oldilaringizda butsilarimni mixga ilib, futbolchilik faoliyatimni tugatganimni e’lon qilaman», — dedi u.
Senator Tolibjon Madumarov Toshkentdagi G‘afur G‘ulom bog‘i yuzasidan shartnomalar tuzilmaganini ma’lum qildi. Senator Baxtiyor Sayfullayev esa mazkur masala yuzasidan o‘rganish olib borilishini bildirdi. «Bundan keyin shahar hokimligining obyektlarni investorlarga berilishi bo‘yicha o‘ylab ish qilishini nazoratimizga olamiz», — dedi u.
Qirg‘iziston futbolining 100 yilligiga bag‘ishlangan futzal bo‘yicha o‘rtoqlik turnirida mamlakat prezidenti Sadir Japarov ham qatnashib, jami 9 ta gol urib, turnir to‘purari bo‘ldi. Biroq davlat rahbarining jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Burger & Lounge restoranining yangi filialida 2022 yil 31 yanvargacha ayrim burgerlarni «TOCHKA» promokodi bilan yarim narxga xarid qilish mumkin.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «Toshkent ETK» tomonidan DSS kompaniyasiga hisoblangan 1,75 mlrd so‘m qarzdorlikni asossiz deb topib, uni bekor qildi. Ushbu holat bo‘yicha elektr tarmoq korxonasining shikoyati sud tomonidan ko‘rib chiqilib, rad qilingan va qo‘mita qarori o‘z kuchida qolgan.
Senator Tolibjon Madumarov «Qo‘yliq» bozori ko‘chirilishi bo‘yicha hali biror qonuniy asos yo‘qligini hamda bu boradagi shov-shuvlar o‘sha yerdagi bozorchilarning asossiz tashviqoti ekanini ta’kidladi. Avvalroq bozor ko‘chirilishi haqida 2017 yildayoq qaror qilingani aytilgandi.
Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida kuchli bo‘lmagan zilzila sezildi. Uning epitsentri Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida bo‘lgan.
«Yangi yil gulchambari», shuba ostidagi seld balig‘i ruleti, «Bayram torti», «Sezar», assorti va steyk bilan tayyorlangan salat — Zira.uz yangi yil dasturxoni uchun salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Dasturchi Boburmirzo Hamroqulov Davlat statistika qo‘mitasining yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan Orginfo.uz saytini ishlab chiqdi. Davlat organining saytidan farqli ravishda, ushbu sayt kompaniyalarni nomi bo‘yicha qidirish, affillangan shaxslar va boshqa ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beradi. Qo‘mita talabiga binoan dasturchiga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. «Gazeta.uz» vaziyatni o‘rgandi.
Yevropa Ittifoqi yetakchilarining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga qaror qilgani, Yaponiyadagi kasalxonada chiqqan yong‘inda 24 kishining halok bo‘lgani, Xitoy AQShni savdo qoidalarini buzganlikda ayblagani, Janubiy Koreya koronavirus tufayli cheklovlarini kuchaytirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekistonga 400 mln ajratgan Jahon banki hamda 162 mln dollar qarz bergan Osiyo taraqqiyot banki, Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In qabul qilgan qo‘shma bayonot, korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan 14 mingdan ortiq mansabdor, narxi arzonlashgan «AI-80» benzini, 2022 yilda kutilayotgan xavf-xatarlar, yangi 50 ming so‘mlik banknotadagi xatoni tan olgan MB va boshqa xabarlar — «Gazeta.uz» ning 17 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Kapitalizatsiyasiga ko‘ra O‘zbekistonning eng qimmat banklari ma’lum qilindi. Trastbank eng qimmat bank deya topildi. Undan keyingi o‘rinlarda O‘zsanoatqurilishbank va Ipoteka-bank qayd etilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting