Jahon

AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg
Kecha, 21:28

AQSh va Saudiya Arabistoni mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi — Bloomberg

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Yaqin Sharqni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mudofaa paktini tuzishga yaqin turibdi, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Bitim Ar-Riyodga Amerikaning ilg‘or qurollaridan foydalanish imkonini beradi va Isroilga G‘azo urushini tugatish uchun rag‘batlar taqdim etadi.

Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi
Kecha, 19:32

Qirg‘izistonda haydovchisiz mini yuk mashinasi 29 bolani urib yubordi

Qirg‘izistondagi tog‘li qishloqda o‘tkazilgan tanlov payti muzqaymoq ortilgan mini yuk mashinasi bir guruh maktab o‘quvchilarini urib yubordi. 29 nafar bola jarohatlandi, yetti nafari — reanimatsiyada. Ma’lumotlarga ko‘ra, furgon haydovchisiz harakatlangan va tormoz tizimi ishdan chiqqan bo‘lishi mumkin.

AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi
Kecha, 00:06

AQSh sudi Binance asoschisini 4 oylik qamoq jazosiga hukm qildi

Sietl sudi dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance asoschisi Chanpen Chjaoni to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qildi. U AQShning pul yuvishga qarshi qonunlarini buzganlikda aybdor deb topildi.

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi
1 may 2024, 15:09

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.

AstraZeneca o‘z vaksinasining kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi
30 aprel 2024, 22:17

AstraZeneca o‘z vaksinasining kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi sud hujjatlarida birinchi marta COVID-19`ga qarshi vaksinasining tromboz shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kam uchrovchi aks ta’sirini tan oldi.

Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi
30 aprel 2024, 14:31

Qozog‘iston IIVning sobiq rahbari yanvar voqealari bo‘yicha qo‘lga olindi

Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.

Xitoydagi yirik shaharlarda yer cho‘kmoqda, bu suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot
30 aprel 2024, 09:55

Xitoydagi yirik shaharlarda yer cho‘kmoqda, bu suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin — tadqiqot

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, Xitoydagi yirik shaharlarning salkam yarmi yer cho‘kishi tufayli suv toshqini xavfi ostida qolishi mumkin. Bu nafaqat yerosti suvlari sathining pasayishi, balki hududlardagi binolarning og‘irligi bilan ham bog‘liq.

Tojikiston Rossiyada fuqarolarining huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirdi
29 aprel 2024, 22:18

Tojikiston Rossiyada fuqarolarining huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirdi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisiga norozilik notasi topshirdi, unda Rossiyada mamlakat fuqarolariga nisbatan bo‘layotgan “keskin salbiy munosabat” hamda ularning huquqlari “keng miqyosda poymol etilayotganidan” xavotir bildirilgan.

Gaaga sudi Isroil yetakchilari, jumladan, Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin — NYT
29 aprel 2024, 17:28

Gaaga sudi Isroil yetakchilari, jumladan, Netanyaxuni hibsga olishga order berishi mumkin — NYT

Isroil rasmiylariga ko‘ra, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud G‘azodagi urush tufayli bosh vazir Binyamin Netanyaxu va boshqa Isroil rasmiylariga nisbatan ayblov e’lon qilishi mumkin. Sud, shuningdek, HAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Tojikiston fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi
28 aprel 2024, 10:06

Tojikiston fuqarolariga vaqtincha Rossiyaga bormaslikni tavsiya qildi

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Rossiya hududiga barcha turdagi transportlarda sayohat qilishdan vaqtincha tiyilishga chaqirdi.

Yevropa parlamenti havo sifatini yaxshilash uchun yangi standartlarni qabul qildi
25 aprel 2024, 23:26

Yevropa parlamenti havo sifatini yaxshilash uchun yangi standartlarni qabul qildi

Yevropa parlamenti havo sifatining JSST tavsiyalariga yaqinroq bo‘lgan yangi standartlarini qabul qildi. Rasmiylar bu chora Yevropada bevaqt o‘limlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

AQSh universitetlarida Falastin tarafdorlarining norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Asosiy ma’lumotlar
25 aprel 2024, 21:23

AQSh universitetlarida Falastin tarafdorlarining norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Asosiy ma’lumotlar

AQShning yetakchi universitetlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlash namoyishlari davom etmoqda, talabalar kampusda chodirlar lagerlari qurmoqda. Bir qator universitetlar ma’muriyatlari politsiyaga murojaat qildi, o‘nlab namoyishchilar qamoqqa olindi.

Germaniyada Markaziy Osiyodan bo‘lgan 7 kishi terrorchilikda ayblanmoqda
25 aprel 2024, 10:09

Germaniyada Markaziy Osiyodan bo‘lgan 7 kishi terrorchilikda ayblanmoqda

Germaniya prokuraturasi Markaziy Osiyoning yetti fuqarosini terrorchilik guruhi tuzish va ISHIDni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Ular o‘tgan yozdan beri hibsda saqlanmoqda.

Argentinada yuz minglab odamlar ta’lim islohotiga qarshi namoyishga chiqdi
25 aprel 2024, 09:15

Argentinada yuz minglab odamlar ta’lim islohotiga qarshi namoyishga chiqdi

800 mingga yaqin odam Buenos-Ayres ko‘chalariga chiqib, davlat universitetlari rivojiga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga qarshi chiqdi. Universitetlarni moliyalashtirishni kamaytirish qarori Argentina prezidenti Xaver Miley tashabbusi bilan qabul qilingandi.

AQSh Kongressi nihoyat Ukraina, Isroil va Tayvan uchun yordam paketlarini tasdiqladi. Asosiy ma’lumotlar
24 aprel 2024, 17:27

AQSh Kongressi nihoyat Ukraina, Isroil va Tayvan uchun yordam paketlarini tasdiqladi. Asosiy ma’lumotlar

AQSh Senati Vakillar palatasidan so‘ng Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 mlrd dollarlik yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyiha yuzasidan kelishib olishga salkam olti oy vaqt ketdi. Prezident Bayden hujjatni darhol imzolashga va’da berdi.

AQSh Rossiyaga yordam bergani uchun Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — WSJ
23 aprel 2024, 23:28

AQSh Rossiyaga yordam bergani uchun Xitoy banklariga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — WSJ

AQSh Xitoyning bir qator banklarini jahon moliya tizimidan uzib qo‘yishi mumkin bo‘lgan sanksiyalarni ishlab chiqmoqda. Vashington bu Xitoyni Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga majbur qilishiga umid qilmoqda, deb yozadi Wall Street Journal.

Qozog‘iston TikTok`ni bloklash haqida o‘ylamoqda
23 aprel 2024, 21:22

Qozog‘iston TikTok`ni bloklash haqida o‘ylamoqda

Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda.

Toqayev Mirziyoyevga toshqinlar paytida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi
23 aprel 2024, 12:49

Toqayev Mirziyoyevga toshqinlar paytida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Rossiya zarbasi oqibatida Xarkovda teleminoraning bir qismi qulab tushdi
22 aprel 2024, 23:56

Rossiya zarbasi oqibatida Xarkovda teleminoraning bir qismi qulab tushdi

Rossiya harbiylari Ukrainaning Xarkov shahridagi teleminoraga raketa hujumi uyushtirdi. Videotasvirlardan teleminoraning yuqori qismi qanday qulab tushganini ko‘rish mumkin.

Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi
22 aprel 2024, 20:54 1

Qozog‘istonda elektron sigaretalar taqiqlandi

Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting