Akmal Arziyevich Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Mirzayev 2022-yil 17-oktabrdan buyon Sardoba tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi. Undan avval esa suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi lavozimiga O‘tkirbek Komiljonovich Ma’murov tayinladi.

U 1973-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga esa Furqatbek Tojimuhammadovich Bo‘taxonov tayinladi.

Bo‘taxonov 1985-yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013-yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.