Jamiyat

1-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
Kecha, 23:06

1-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Uchta tumanga tayinlangan hokimlar, pensiyaning yangi eng kam miqdorlari, Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘lgan o‘zbekistonlik hokkeychilar, birinchi chorakda 5 baravar ko‘p foyda ko‘rgan UzAuto Motors va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi
Kecha, 22:08

1-maydan pensiya va nafaqaning eng kam miqdorlari oshiriladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab ish staji to‘liqsiz chog‘dagi yoshga doir pensiya va boquvchisini yo‘qotgan oilaning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz a’zosi uchun pensiya miqdori 4,3 foizga oshiriladi. Bu miqdor minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi (kambag‘allik chegarasi) darajasiga yetkazildi.

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi
Kecha, 21:01

Sirdaryoda brakonerlar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi

Toshkent viloyatidagi Sirdaryo qirg‘og‘ida noqonuniy baliq ovlayotgan erkaklar ikki nafar ekologiya inspektoriga hujum qildi. Ular inspektorlarni suvga itarib, rezina qayiqlarini yoqib yuborgan va qochib ketgan.

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi
Kecha, 17:55

3−5-may kunlari Samarqand−Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari qatnaydi

3, 4, 5-may kunlari Samarqand−Toshkent−Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yilmoqda.

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda
Kecha, 17:13

O‘zbekistonda suv va tuproqni xavfli kimyoviy moddalardan tozalashga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda

O‘zbekistonda FAO va Yevropa Ittifoqi ko‘magida xavfli kimyoviy moddalarni boshqarishni ta’minlash loyihasi amalga oshirilmoqda. 4 mln yevrolik loyiha xavfli pestitsidlarni suv va tuproq tarkibidan ajratish, kimyoviy chiqindilarni tozalash, zararkunandalarga qarshi kurash va boshqalarni nazarda tutadi.

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
Kecha, 15:47

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Kecha, 14:53

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mutolaa loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi — bepul mobil ilova o‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan, ularning yarmidan ko‘pi audio versiyasiga ega. Matnlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan o‘qilgan.

Samarqandda Sobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi
Kecha, 14:42

Samarqandda Sobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi

Samarqand shahrida Sobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
Kecha, 14:39

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda
Kecha, 14:17

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 3−6-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga to‘qqizta viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ham kuzatiladi.

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi
Kecha, 13:19

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar, jumladan BYD, Dongfeng, Hongqi va boshqalarni o‘z ichiga olgan taksi tarifini ishga tushiradi. Kompaniya uning joriy etilishini mijozlarning elektromobillardan foydalanish bo‘yicha barqaror talabi bilan izohladi.

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
Kecha, 12:57

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘ida 3-maygacha transport harakati cheklandi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchilarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda
Kecha, 11:58

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani erkakning ichki ishlar tizimiga aloqasi yo‘qligi, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ketayotganini bildirdi.

Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Kecha, 10:02

Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Buxoroda “Ark” majmuasi, “Xo‘ja kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir devonbegi” madrasalari restavratsiyasi uchun ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoiy ish ochildi.

Toshkent viloyatida 8-maygacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Kecha, 09:40

Toshkent viloyatida 8-maygacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 1−8-may kunlari Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasi tog‘lari hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

AQSh havo sifati indeksi O‘zbekistonnikidan qanchalik farq qiladi? Professor Jey Tyorner sharhi
30 aprel 2024, 22:40

AQSh havo sifati indeksi O‘zbekistonnikidan qanchalik farq qiladi? Professor Jey Tyorner sharhi

Amerika havo sifati indeksi bir usulda, O‘zbekistonniki esa boshqa usulda hisoblanadi. IQAir saytiniki ham alohida. Bu haqda Sent-Luisdagi (AQSh) Vashington universiteti professori Jey Tyorner so‘zlab berdi. U nafaqat milliy, balki hududiy standartlarni ham qabul qilish muhim ekanligini qayd etdi.

30-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
30 aprel 2024, 22:30

30-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Kambag‘allikning yangi — 648 ming so‘mlik chegarasi, Toshkent markazida o‘pirilib tushgan asfalt, davlat bog‘chalari uchun oshirilgan to‘lovlar, yana PISA tadqiqotida qatnashadigan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Shahar haqida ma’lumot ko‘proq bo‘lishi kerak”. Tahlilchi Aleksey Letunovskiy — Yangi Toshkent qurilishi va shaharni rivojlantirish haqida
30 aprel 2024, 22:28

“Shahar haqida ma’lumot ko‘proq bo‘lishi kerak”. Tahlilchi Aleksey Letunovskiy — Yangi Toshkent qurilishi va shaharni rivojlantirish haqida

Yangi Toshkent qurilishi aholini jalb qilishning yangi markazlarini yaratadi, deyiladi CMWP xalqaro kompaniyasining poytaxtni rivojlantirishga bag‘ishlangan hisobotida. Bunday hisobotlar shaharlarni rivojlantirishda qanday yordam beradi — hujjat muallifi Aleksey Letunovskiyning “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida.

Abdulla Qodiriy 1926-yilda nega sudlangandi va sudda nima degandi?
30 aprel 2024, 22:00

Abdulla Qodiriy 1926-yilda nega sudlangandi va sudda nima degandi?

2024-yilda Abdulla Qodiriy tavalludiga 130 yil to‘ldi. So‘nggi bir yilda Qodiriy nomi bilan bog‘liq eng muhim voqea — uning 1926-yilgi jinoyat ishi bo‘yicha oqlanishidir. “Gazeta.uz” Qodiriyning o‘sha ish bo‘yicha salkam 100 yil avval Samarqandda bo‘lgan sudda o‘qigan nutqi matnini qayta e’lon qiladi.

“Odamlar mehribon bo‘lishini xohlayman”. Toshkent hayvonot bog‘idagi Navro‘z laqabli yo‘lbars hikoyasi
30 aprel 2024, 21:08

“Odamlar mehribon bo‘lishini xohlayman”. Toshkent hayvonot bog‘idagi Navro‘z laqabli yo‘lbars hikoyasi

Toshkent hayvonot bog‘ida 10 yashar bir yo‘lbars bor. Laqabi — Navro‘z. O‘zi moskvalik, 8 yildan beri Toshkentda yashaydi. Hayotning achchiq-chuchugini totgan, hatto bir “xotini” va bolasidan ham “ayrilgan”. Bir tishidan ham ayrilgan. Navro‘z o‘z hikoyasini “Gazeta.uz” bilan bo‘lishdi — uning odamlarga iltimosi bor.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting