O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video
2 aprel 2022, 10:26

O‘zbekistonda Ramazon oyi boshlandi — foto, video

Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidagi masjidlarda taroveh namozi o‘qilishidan “Gazeta.uz” fotoreportaji.

Foto: Quyoshning insoniyat tarixidagi eng yaqin tasvirlari e’lon qilindi
1 aprel 2022, 11:53

Foto: Quyoshning insoniyat tarixidagi eng yaqin tasvirlari e’lon qilindi

ESA va NASA hamkorligida amalga oshirilayotgan missiya — Solar Orbiter avtomatik kosmik apparati quyoshning kuzatuvlar tarixidagi eng yaqin tasvirlarini taqdim etdi. Suratlar quyosh orbitasidan taxminan 75 mln km uzoqlikda, ya’ni qurilma Yer sayyorasi va Quyosh o‘rtasidagi masofaga yetganida olingan.

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi
30 mart 2022, 10:05

O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga olib chiqadi

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar maqomini «keng qamrovli strategik sheriklik» bosqichiga ko‘tarishga kelishib oldi. Muzokaralar yakunida 10 ta hujjat, shu jumladan, imtiyozli savdo, mudofaa sohasida hamkorlik va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Shuningdek, Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni Turkiyaga taklif qildi (foto).

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar
29 mart 2022, 12:59

Toshkentda bo‘yalayotgan mozaikalar

Toshkentda ko‘p qavatli uylarda aka-uka Jarskiylar loyihalari asosida yaratilgan mozaikalarni yo‘qotishga urinishlar davom ettirilmoqda. Furqat va Bobur ko‘chalarini rekonstruksiya qilish jarayonida bir qancha uylar bo‘yashga tayyorlangan, biroq jamoatchilik noroziligidan keyin ishlar to‘xtatib qo‘yildi.

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi
21 mart 2022, 09:13

Navro‘z bayramining 1970−1990 yillarda nishonlanishi

Navro‘z bayramini nishonlash ko‘p asrlardan beri an’anaga aylangan. Bahorni xalq sayillari, san’atkorlar hamda dorbozlarning chiqishlari bilan qarshi olish urf bo‘lgan. “Gazeta.uz” 1970−1990 yillardagi arxiv fotosuratlarini taqdim etadi.

Toshkentdagi Navro‘z sayli — foto
20 mart 2022, 19:09

Toshkentdagi Navro‘z sayli — foto

O‘zbekistonning barcha hududlarida Navro‘z sayllari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi sayllardan biri — «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotosuratlarida.

Foto: Samarqandning yangi aeroporti ochildi
20 mart 2022, 12:46

Foto: Samarqandning yangi aeroporti ochildi

Samarqandda ochiq kitob ko‘rinishidagi zamonaviy aeroport majmuasi ochildi. U soatiga 800 kishiga xizmat ko‘rsatish va haftasiga 120 reyslarni qabul qilish salohiyatiga ega. Boshqa aeroportlardan farqli ravishda, terminalga avtomobilda kelish mumkin, bino esa to‘siqlar bilan o‘ralmagan.

Ayollarni tabriklayotgan Toshkent — foto
8 mart 2022, 16:43

Ayollarni tabriklayotgan Toshkent — foto

Poytaxt aholisi xotin-qizlarni bayram bilan qanday tabriklayotgani haqida «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

“Qishloqdagi qish — hayotimdagi qiyin tanlovlardan biri”. Xolida Musurmonova fotohikoyasi
3 mart 2022, 18:20

“Qishloqdagi qish — hayotimdagi qiyin tanlovlardan biri”. Xolida Musurmonova fotohikoyasi

Bahor kirib kelgan bo‘lsa-da, qishnig sovuq havosi hali tugagani yo‘q. Qishloq aholisi o‘z uylarini o‘tin, ko‘mir va tezak bilan isitishda davom etmoqda. Qish qahraton kelsa, o‘tin zaxirasi sumalak pishirishga yetmasdan, tamom bo‘ladi. Ijodkor Xolida Musurmonova O‘zbekistondagi qishloqlardan biridagi qish haqida hikoya qiladi.

«Yer yorildi, yer tagiga tushib ketayapmiz degan xayol keldi». Andijondagi portlashda jabrlanganlar voqea haqida
11 fevral 2022, 19:16

«Yer yorildi, yer tagiga tushib ketayapmiz degan xayol keldi». Andijondagi portlashda jabrlanganlar voqea haqida

Juma kuni Shahrixon tumanidagi tibbiy markazida portlash yuz berdi. Rasman voqea oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 11 kishi jarohatlangani ma’lum qilindi. Guvohlar bir inson ularni qo‘lida vafot etgani va qurbonlar 3 kishi ekanligini aytishmoqda. Portlash vaqtida bino ichida bo‘lgan ayol esa voqeani shunday esladi: «Yer yorildi, yer tagiga tushib ketayapmiz degan xayol keldi. Tepamizdan ham plitalar yog‘ilib, baravar pastga tushib ketdik». «Gazeta.uz» voqea joyidan fotoreportaj tayyorladi.

Foto: Samarqand xalqaro aeroporti martda foydalanishga topshiriladi
10 fevral 2022, 13:26

Foto: Samarqand xalqaro aeroporti martda foydalanishga topshiriladi

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini xalqaro aeroportdan boshladi. 83 mln dollarlik loyiha qariyb yakuniga yetib qolgan, hozirda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yangi terminal martda foydalanishga topshiriladi.

Xorazm davlatidan Sovet ittifoqigacha. Hozirgi O‘zbekiston hududida qaysi davlatlar hukmronlik qilgan? — video
5 fevral 2022, 17:22

Xorazm davlatidan Sovet ittifoqigacha. Hozirgi O‘zbekiston hududida qaysi davlatlar hukmronlik qilgan? — video

Miloddan avvalgi VI asrdan XX asrga qadar zamonaviy O‘zbekiston hududida yigirmadan ortiq davlatlar hukm surgan. «Gazeta.uz» geacron.com tarixiy xaritalar platformasiga asoslanib, O‘zbekiston hududida asrlar osha hukmronlik qilgan davlatlar xaritasini taqdim etadi.

Toshkent morjlari — qishda cho‘milish haqida
4 fevral 2022, 16:04

Toshkent morjlari — qishda cho‘milish haqida

Havo sovuq bo‘lgan kunlar ham Anhor kanalida cho‘milayotganlarni uchratish mumkin. «Gazeta.uz» fotomuxbiri Madina A’zam yilning har qanday faslida cho‘milishni xush ko‘radigan morjlar bilan suhbatlashdi.

Foto: Haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yagona imtihon markazi ishga tushdi
3 fevral 2022, 15:32 1

Foto: Haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yagona imtihon markazi ishga tushdi

Haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon topshirishga mo‘ljallangan Yagona imtihon markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markazga kelgan nomzod nazariy savollarga to‘g‘ri javob berishi va so‘ngra imtihonning amaliy qismidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Shundagina u YHXBB yoki davlat xizmatlari markazlaridan haydovchilik guvohnomasi berilishiga asos bo‘ladigan maxsus sertifikatni qo‘lga kiritadi (foto).

Islom Karimovning noyob fotosuratlari
30 yanvar 2022, 11:29

Islom Karimovning noyob fotosuratlari

30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning tug‘ilgan kuni. Bu yil u 84 yoshni qarshilagan bo‘lardi. «Gazeta.uz» so‘roviga binoan prezident bilan 25 yil ishlagan, birinchi davlat rahbarining shaxsiy fotografi Farhod Qurbonboyev tahririyatga uning noyob fotosuratlarini taqdim etdi.

Foto: Nukusda qor
30 yanvar 2022, 10:23

Foto: Nukusda qor

28 yanvar, juma kuni respublikaning g‘arbiy viloyatlarida kuchli qor yog‘di. Nukus yo‘llarida muz qoplamasi hosil bo‘lgan, ammo obodonlashtirish xizmati xodimlari ob-havo o‘zgarishlariga tezda javob berishdi. Fotosuratchi Azamat Matkarimov qor bo‘roni vaqtida Qoraqalpog‘iston poytaxtini suratga oldi.

Harbiy tavsiyanoma uchun imtihon — foto
27 yanvar 2022, 18:04

Harbiy tavsiyanoma uchun imtihon — foto

25 yanvardan boshlab respublika miqyosida muddatli harbiy xizmatchilar OTMlarga kirishda imtiyoz beradigan tavsiyanomalar uchun test sinovlaridan o‘tmoqda. Toshkent garnizonidagi xarbiy qism va muassalalarda hizmat qilayotgan harbiylarning imtihon jarayoni — “Gazeta.uz” muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.

Foto: Chiroqsiz Toshkent
25 yanvar 2022, 23:24

Foto: Chiroqsiz Toshkent

Yarim kundan ko‘proq vaqtdan buyon Toshkentning ayrim qismlarida elektr energiyasi mavjud emas. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin tun soatlarda poytaxt bo‘ylab sayr qildi.

Foto: Toshkent «blekaut» vaqtida
25 yanvar 2022, 15:17

Foto: Toshkent «blekaut» vaqtida

«Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam «blekaut» vaqtida poytaxtni tasvirga oldi. Hozirda Toshkentda elektr energiyasini yetkazib berish qisman tiklangan.

Foto: Toshkentdagi «blekaut»
25 yanvar 2022, 13:42

Foto: Toshkentdagi «blekaut»

«Gazeta.uz» muxbiri elektrsiz qolgan shahar bo‘ylab sayr qilib, yo‘l nazoratchilarining tirbandliklarni qanday boshqarayotgani, shaharliklarning esa ishlayotgan bankomatlarni qidirayotganiyu qorong‘uda xaridlarni qanday amalga oshirayotganini suratga oldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting