22-aprel kuni soat 03:24 holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 37 000 000 kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar qildi.

Bunda erkaklar soni 18,5 million, ayollar soni esa 18,3 million.

Skrinshot: Telegram / @muhrim2022Skrinshot: Telegram / @muhrim2022

Mamlakat aholisi 2024-yil boshida 36,8 mln kishini tashkil etgan. Har bir oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan. Har bir kunda esa o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.

1-yanvar holatiga ko‘ra, 1 km kv yer maydoniga o‘rtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi. Shahar joylarda — salkam 19 mln kishi, qishloq joylarda — 18 milliondan ziyod kishi yashaydi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda oxirgi 5 yilda tug‘ilishning keskin o‘sishi kuzatilgan. Prognozlarga ko‘ra, tug‘ilish sur’ati 2030-yilgacha bir maromda (o‘rtacha 900−950 ming) davom etadi va aholi soni 41 millliondan oshadi.