22-aprel kuni Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov gul ko‘chatlari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 7,92 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Hujjat E-Qaror portalida e’lon qilindi.

Mablag‘lar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan boshqarmalari va tuman bo‘limlariga mahalliy budjet zaxira jamg‘armasidan ajratilishi rejalashtirilgan.

Shundan 3,2 mlrd so‘mi Irrigatsiya xo‘jaligi va ko‘kalamzorlashtirish obektlarini ta’mirlash ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga, 1,5 mlrd so‘mi Markaziy maydonlarni obodonlashtirish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga, 500 million so‘mi Hukumat obyektlariga xizmat ko‘rsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasiga yo‘naltirilmoqda.

Qolgan 2 mlrd 720 mln so‘m tuman obodonlashtirish bo‘limlari o‘rtasida taqsimlangan.

gul ekish, gulлар, тошкент, тошкент hokimligi

2023-yil sentabr oyida Toshkent shahri kengashi deputatlari poytaxtda mavsumiy gul ekish uchun 12 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagandi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining tushuntirishicha, kengash tasdiqlaganidan so‘ng zaruriyatga qarab mablag‘ ajratiladi. Dekabr oyida kengash tomonidan gul ko‘chatlari uchun 5 milliard so‘m ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

“Hozir 5 milliard so‘m ajratilgan. Shundan so‘ng ushbu mablag‘ni taqsimlash to‘g‘risida hokimning qarori bo‘lishi kerak va shundan keyingina mablag‘ ajratiladi. Bunda hokim birinchi navbatda 1 milliard so‘m, keyin esa 3 milliard so‘m va hokazolar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin”, — deya izoh bergandi Toshkent hokimligi matbuot xizmati.